«Real» 100 million yevroga futbolchi xarid qilishga yaqin turibdi

«Real» 100 million yevroga futbolchi xarid qilishga yaqin turibdi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Jud Bellingem «Real»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Fabrisio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokara yakunlashiga yaqin turibdi. «Real» Bellingem uchun 100 million yevro to‘laydi. Shuningdek, transfer shartnomasida qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutiladi. Bellingem «Madrid» bilan 6 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchiga «Manchester Siti» va «Liverpul» klublari ham da’vogarlik qilmoqda. 19 yoshli Judning transferi 120 million yevroga baholangan. U ayni paytda Angliyaning eng qimmat o‘yinchisi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!