Rashid Malikov: «Kino davlatning bo‘ynida o‘tirmasligi kerak»

A A A
Rashid Malikov: «Kino davlatning bo‘ynida o‘tirmasligi kerak»

5 oktyabr kuni «Gazeta.uz» kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning intervyusini e’lon qildi. Unda rejissyor prezidentga yo‘llangan murojaati va kinematografiyadagi muammolar, kinoteatrlarning yetishmasligi va o‘zbek kinematografiyasini moliyalashtirishda davlatning o‘rni to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Gazeta.uz» izoh olish maqsadida «O‘zbekkino» agentligiga murojaat qildi. Kinorejissyor, ssenarist va «O‘zbekkino» Badiiy kengashining a’zosi, «Chinor ostidagi duel» filmining bosh rol (Nortoy) ijrochisi Rashid Malikov kinematografiyada davlat-xususiy sherikligining roli va kinoni rivojlantirish konsepsiyasiga to‘xtaldi, sohadagi asosiy muammolar va ularning yechimi haqida gapirib berdi, o‘zining san’at va biznes to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘zbekkino» rahbari ustidan yozilgan xatlar to‘g‘risida

Men mustaqil «O‘zbekkino»ning barcha rahbarlarini ko‘rganman. «O‘zbekkino»ning mutlaqo barcha rahbarlari ustidan kinematografchilar, aynan rejissyorlar guruh-guruh bo‘lib yoki yakka tartibda tanqidiy xatlar yozishgan. Ustidan shikoyat qilinib, xat yozilmagan birorta ham rahbar yo‘q edi.

 

Mazkur holat ham istisno emas. Ochiq va yashirin xatlar amaldagi rahbarga ham qarshi yozilmoqda. Bu, afsuski, o‘zbek kinematografiyasining achinarli an’anasi. Yoshlar ham bundan «ibrat» olib, shaxsiy manfaatlarini himoya qilish usuli sifatida foydalanishmoqda.

Bu vaziyatda, barcha janjallar va boshqalarining ortida uchinchi tomon, yoki bir nechta uchinchi shaxslar turibdi, ularning maqsadi bitta: hamma narsani eski holida saqlash.

Oldinlari qanday edi? Hammasi o‘zaro hal bo‘lardi, ba’zi ssenariylar o‘tkazib yuborilardi, qaysidir filmlar suratga olinardi. Alohida filmlarni ishlab chiqarish uchun qancha ko‘p byudjet mablag‘lari paydo bo‘lsa, shuncha suv oqimi o‘zgarmasligidan manfaatdor kishilar ko‘payib boradi.

Ular oddiy bitta sabab bilan yozishgan: ijodkor — ko‘ngli nozik mavjudot. Unga hamma uni ranjitayotganday tuyuladi. Ikkinchidan, ijodkor ko‘pincha sub’ektivdir. Rejissyorlarning hech biri o‘zini iste’dodsiz sanamaydi, hamma «Ha, men dahoman, faqat atrofdagilar meni tushunmaydi» deyishadi. Menga «Ha, men qobiliyatsizman. Men o‘rtamiyonaman», deya tan olgan rejissyorni topib bering. Hamma «Men tan olinmagan iste’dodman, mening iste’dodimni kelajak avlod tushunadi» deydi.

Masalan, o‘zbek rejissyori film suratga oldi, nazariy jihatdan 2−3 yilda yana bir film suratga olishi kerak. U pulni oldi, uni xarajatlariga sarfladi va pul qolmadi. Natijada, u bir ssenariy bilan, ikkinchi ssenariy bilan keladi va unga yo‘q, hozir boshqa rejisserning filmi olinadi deyiladi. Shunda bu holatda u, atrofdagilar shaxsan unga qarshi deb o‘ylashni boshlaydi. Ko‘plab rejissyorlar uzoq vaqt ijodiy «bekorchilik»da yurishadi. Agar men bo‘sh yurib, qaysidir bir Eshmatga film berilganini ko‘rsam, «Men uyda o‘tirgan shunday dahoman, lekin unga film berildimi?» deb o‘ylayman va yozishni boshlayman. Shuning uchun, bu xatlar film ishlab chiqarishning noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bilan bog‘liq ekanligini aytib o‘tmoqchiman.

O‘zbek kinematografiyasining asosiy muammosi haqida

O‘zbek kinematografiyasi qonunchilik jihatdan Sovet davri hujjatlariga asoslangan bo‘lib, ularning negizida sobiq Sovet Ittifoqining Davlat kinosi belgilagan me’yorlari yotadi. Bu barcha muammolarning ildizi. Hali O‘zbekistonda joriy qilinishi lozim bo‘lgan kino to‘g‘risidagi qonun yo‘q, bu qonun hamma narsani tartibga solgan bo‘lar edi. Kino bor, lekin qonun yo‘q — bu bema’nilik.

Barcha me’yorlar kameralar 200 kilogramm og‘irlikka ega va plyonka 32 ISO birligiga teng bo‘lgan paytlarda yozilib, qabul qilingan. Ya’ni, har bir kadrni suratga olish uchun juda katta miqdorda yorug‘lik talab qilingan. Hozir bularning barchasi juda oson kechadi, har qanday telefon deyarli qorong‘uda suratga oladi.

Ammo rejissyorlar, operatorlar, rassomlar va xodimlarning ish haqi Sovet Ittifoqi davridan saqlanib qolgan. Albatta, indeksasiya inflyasiya darajasi bilan birga amalga oshirilgan. Lekin 30 yil davomida ish haqi, gonorarlar va me’yoriy hujjatlar hatto yaqin qo‘shnilarimizga nisbatan orqada qolgan. Qozog‘istonda yangi standartlar ishlab chiqarildi. Rossiyada ham xuddi shunday.

Biz ham hamma narsani isloh qilishimiz kerak. Islohot nima degani? Bu shunchaki ba’zi so‘zlarni aytish emas, islohot, avvalo, konseptual hujjatlardir.

Biz «2020 yildan 2030 yilgacha o‘zbek kinematografiyasini rivojlantirish konsepsiyasi»ni tayyorladik. Hujjat kinematografchilarning katta jamoasi bilan yozildi, deyarli hamma muhokamada ishtirok etdi. U umumxalq muhokamasidan o‘tdi va umid qilamanki, tez orada imzolanadi. Ushbu hujjat tasdiqlangach, butun o‘zbek kinematografiyasi jahon amaliyotiga mos keladigan yangi qoidalar asosida sivilizasiyalashgan munosabatlar bilan faoliyat yurita boshlaydi.

Rejisserlarning daromadi to‘g‘risida

Sovet davrida «himoya yostiqlari» bor edi. U davrda kinorejissyorlar nisbatan yaxshi daromad olishgan, bu esa filmni suratga olgandan keyin kamida bir yil davomida pul haqida qayg‘urmaslik imkonini bergan. Bundan tashqari, yana 9 oy davomida rejisserlar ish haqining 75 foizini tashkil etgan qo‘shimcha to‘lovlar olishgan. Bu rejissyor yangi ssenariy ustida ishlashi uchun to‘lanadigan pul edi. Hozir film suratga olingandan keyin hamma — rejissyor, operator, rassom «ko‘chada qoladi», qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q.

Amaldagi me’yorlarda barcha ijodkorlarning gonorarlari juda oz. Shu sababli, Konsepsiyada gonorar va ish haqining keskin oshirilishi nazarda tutilgan.

Kadrlar bo‘yicha muammolar haqida

Kino sanoatida kadrlar masalasi o‘ta dolzarbdir, chunki ko‘p yillar davomida eng yaxshi kadrlar xorijga ketishgan. Sovet davrida «O‘zbekfilm» kinostudiyasida 3000 kishi ishlagan. Hozir 200ga yaqin xodim ishlaydi.

Konsepsiya, birinchi navbatda, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi. Ish haqi va mas’uliyat darajasi keskin oshiriladi. Chunki hozirda maoshlarning ozligi sababli o‘z kasbiga nomunosib, qobiliyatsiz odamlar ko‘p.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqida

3−4 yil oldin «O‘zbekkino» ko‘magida yoshlar tomonidan qanday filmlar suratga olingan edi? Bor-yo‘g‘i bir nechta filmlar. Ammo o‘shanda ham «O‘zbekkino» huzurida yoshlar studiyasi bor edi. Biroq, faqat shu yil, yangi rahbariyatning sa’y-harakatlari tufayli 20 nafar yosh rejissyor va ssenariy mualliflariga o‘zlarini namoyish etish imkoniyati berildi.

Bundan tashqari, bu yil «O‘zbekkino» rahbariyati 7 kishini S.A.Gerasimov nomidagi Umumrossiya davlat kinematografiya institutiga yubordi. Qachonki yosh mutaxassislar ko‘paysa, o‘shanda bizning vaziyatimiz keskin yaxshilanadi.

Kassa yig‘imlari haqida

Kassa yig‘imlari borasida biz hozir juda achinarli holatdamiz. Davlat byudjeti hisobidan suratga olingan filmlar o‘rtacha xarajatlarning atigi 1,5 foizini qoplaydi. Biz kinoijodkorlar kassa to‘lovlaridan alohida mukofot pullari olish imkonini beruvchi yangi mexanizmni tatbiq qilmoqchimiz. Masalan, agar film 50% daromad oladigan bo‘lsa, 20% qaytariladi, agar film 100% daromad oladigan bo‘lsa, u holda daromadning 30% film ijodkorlariga beriladi. Bu qo‘shimcha gonorar. Ushbu tizim ilgari mavjud bo‘lmagan.

O‘zbekistonda kino muvaffaqiyatli deb hisoblanishi uchun xarajatlarning qanchasi qoplanishi kerak?

Butun dunyoda juda oddiy qoida mavjud: agar siz filmga 100 rubl sarflasangiz, u holda film 200 rubldan oshiq ishlashi kerak. 100 rubl — ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun, 100 rubl kino «prokatchi"larga ajratiladi. Ushbu miqdordan yuqori bo‘lgani foyda sanaladi.

«O‘zbekkino»ning qaysi filmlari eng ko‘p daromad keltirgan?

Rustam Sa’diyevning «Sotqin» va «Baron» filmlari davlat kinematografiya prokatining yetakchilari hisoblanadi.

«Ibrat» filmi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p sonli munozaralar haqida

Matbuotda «Ibrat» filmi badiiy kengashdan ko‘p marta «o‘tkazildi» degan fikrlar paydo bo‘ldi.

Badiiy kengash a’zosi sifatida aytishim mumkinki, barcha tuzatishlar to‘siqlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lmagan. Bu tarixiy shaxs haqidagi film. Filmni tomosha qilgandan so‘ng ko‘plab savollar tug‘ildi va bu savollarni nafaqat badiiy kengash a’zolari, balki tarixchi-olimlar, jumladan, tarix fanlari doktori Azamat Ziyo ham berishdi.

Masalan, nima uchun Chor Rossiyasining vakillari faqat ijobiy tomondan gavdalantirilgan? Voqealar Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, zarvaraqqa o‘rab yozilganidan yiroq bo‘lsa ham general Skobelevning hikoyasi namoyish etilmagan. Musulmon ruhoniylarining vakillari ashaddiy fitnachilar sifatida ko‘rsatilgan. Filmdagi «NKVD» zobitlarining barchasi esa o‘zbek millatiga mansub. Bu tarixiy haqiqatdan yiroq.

Film 1900 yilgacha bo‘lgan voqeani — Ibrat sayohat qilganini ko‘rsatadi va keyin syujet darhol 1937 yilga o‘tadi. Tarixchilar Ibrat uchun eng samarali bo‘lgan davr nima uchun aks ettirilmagan degan savolni berishdi. U ichki muhojirlikda edi. U qozi, o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, she’rlar yozgan, ma’rifat uchun ko‘p ish qilgan — hayotining eng muhim davri ko‘rsatilmagan.

Ha, kino hech qachon ob’ektiv bo‘lmaydi. Ammo, agar siz tarixiy filmni suratga olishga kirishsangiz, o‘zingizga, tarixiy dalillarga va xalqingizga nisbatan nihoyatda haqgo‘y bo‘lishingiz lozim.

Hozir film ko‘plab kinoteatrlarda namoyish etilmoqda. Tomoshabinlarda qanchalik qiziqish uyg‘otganligi kassa yig‘imlaridan ko‘rinadi.

O‘zbekistonda xususiy filmlar ishlab chiqarish haqida

Ko‘pchilik davlat kinosi va o‘zbek kinosi tushunchalarini chalkashtiradi. O‘zbek kinosi ancha kengroq, shu bilan birga, xususiy pulga suratga olinadigan juda katta xususiy kino segmenti mavjud. Ular sarmoyadorlarni topadilar, aktyorlar va rejissyorlarga o‘zlarining cho‘ntaklaridan pul to‘laydilar, so‘ngra tavakkal bilan kinoteatrlarda filmlar namoyish etadilar. Ushbu ulkan qatlamni umuman muhokama qilmaslik biz uchun odatiy hol. Aslida, bu kinematografiyada bozor iqtisodiyotining asosidir.

O‘tgan yilgacha filmlarning katta qismi xususiy studiyalarda suratga olingan. Ular ba’zi yillarda 100 tagacha film suratga olgan bo‘lsa, «O‘zbekkino» yiliga 10 tagacha film suratga olgan. Bu yildan boshlab vaziyat o‘zgardi.

Xususiy «kinochi"lar, shuningdek, Youtubeda ham pul ishlashni bilishadi. Davlat filmlari esa internetdagi norasmiy kanallarga anchadan buyon foyda keltiradi.

O‘zbekiston kinematografiyasida davlat-xususiy sherikligi haqida

Davlat-xususiy sherikligi — bu o‘zbek kinematografiyasini rivojlantirishning eng to‘g‘ri yo‘li. Masalan, Rossiyada uzoq vaqtdan beri faqat davlat tomonidan moliyalashtiriladigan filmlar juda kam.

Hozirda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlari asosida «Men terrorchi emasman» filmi suratga olinmoqda. Yosh rejissyor Muxammadali Iskandarov Suriyada bo‘lib o‘tgan voqealar haqida film suratga oldi. Bu haqiqiy drama. U filmning yarmini o‘z puliga suratga oldi. Kino estetikasi nuqtai nazaridan, bu dadil yangi qadamdir. O‘zbekistonda hali bu kabi filmlar suratga olinmagan.

Ushbu filmning yaratuvchilari kelib, «O‘zbekkino» rahbariyatiga o‘z filmlarini namoyish etishdi. Uch yil davomida ular «O‘zbekkino»ga turli xil loyihalar bilan kelishardi va ular sarson bo‘lishardi. «O‘zbekkino»ning amaldagi rahbariyati davlat-xususiy sherikligiga qiziqish bildirdi.

Ideal holatda, barcha filmlar DXSh asosida suratga olinishi kerak. Filmlar davlat-xususiy sheriklik asosida suratga olinishni boshlashi bilan davlat byudjetiga ko‘z olaytirishga odatlanganlar o‘z-o‘zidan yo‘qolib qoladi.

Kinoni hech kim majburan ko‘rmaydi. Agar davlat mafkura uchun, yosh avlodni tarbiyalash uchun pul bersa, bularning barchasi har tomonlama eng jozibali tarzda taqdim etilishi kerak.

Kinoteatrlarning yetishmasligi haqida

O‘zbekistonda kinoteatrlar bilan bog‘liq vaziyat juda og‘ir. «O‘zbekkino» huzurida Toshkentda faqat ikkita kinoteatr bor: Panorama va PremierHall kinoteatrlari.

So‘nggi 30 yil ichida davlat kinoteatrlari rejali tarzda sotilib, xususiylashtirildi. Negadir boshqa mamlakatlarda kinoteatrlarni ehtiyotkorlik bilan tiklashadi, ammo bizda bularning barchasi buzib tashlandi. Avvalgi rahbariyatning so‘nggi harakati «G‘uncha» kinoteatrini xususiy «prokatchi» Farrux To‘laganovdan tortib olish va uni tungi klubga aylantirishga urinish bo‘lgan.

Yangi rahbariyat, aksincha, barcha investorlarni yangi kinoteatrlar qurishga chaqirmoqda. Savdo markazlarini ochadigan tadbirkorlar, hokimliklar bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Buxoroda 2 ta, Toshkentda 5 yoki 6 ta zallar qurilmoqda. Buzilgan zallarni qayta tiklashga harakat amalga oshirilmoqda.

2020 yil oxiriga qadar O‘zbekistonda asosan savdo markazlaridan joy egallagan 4000 kishiga mo‘ljallangan 40 ta kinozaldan iborat 16 ta kinoteatr barpo etiladi.

Milliy striming platformasining yaratilishi haqida

Bugungi kunda bizning sohamizda yangi omillar paydo bo‘lmoqda: pandemiya, Netflix, texnik taraqqiyot. Ko‘pchilik allaqachon 4K sifatli tasvirlarni namoyish etuvchi televizorlarga ega. Odamlarning kinoteatrlarga borishdan qo‘rqishi va kinoteatrlarni uylariga olib keladigan Netflix vaziyatni keskin o‘zgartirdi. Agar ilgari yirik kinokompaniyalar olti oylik premyeradan so‘ng Netflixga o‘z filmlarini berishgan bo‘lsa, endi ular 17 kundan keyin Netflixga film berishadi. Ba’zi filmlar allaqachon 29−30 dollar narxda namoyish etilmoqda.

Mening shaxsiy bashoratim shuki, vaqti kelib kinoteatrlar ommaviy ravishda yopiladi va filmlar Netflix kabi striming platformalariga o‘tadi.

Shu sababli, konsepsiyaga biz barcha filmlarni birlashtiradigan milliy striming platformasini yaratishni kiritdik. Bu eng maqbul imkoniyat.

Internet-qaroqchilik bilan bog‘liq jiddiy muammo ham mavjud. Qidiruv tizimiga deyarli har qanday davlat tomonidan suratga olingan o‘zbek filmining nomini kiriting va uni tomosha qilishingiz mumkin. Ammo aksariyat hollarda namoyish uchun mablag‘ «O‘zbekkino»ga yetib bormaydi va qaroqchilarning cho‘ntagiga tushadi. Internet-qaroqchilikka qarshi kurash yangi konsepsiya talablaridan biri bo‘ladi.

San’at va biznes haqida

Yuqori san’at foyda keltirmasligi haqidagi gaplarning hammasi hiyla-nayrangdir. Alexandro Gonsalesning Inyarritu «Byordmen» filmini tomosha qilgan bo‘lsangiz kerak. Bu eng oliy san’at asaridir. U 118 million dollar ishlab topdi, bu uning byudjetidan 5 baravar ko‘p. Agar film haqiqatan ham san’at asari darajasida bo‘lsa, odamlar tomosha qilishadi. Kino tomoshabin uchun suratga olinadi.

Kino paydo bo‘lganidan beri sanoatdir. Agar siz filmni suratga olish uchun kelgan bo‘lsangiz va davlatdan mablag‘ talab qilsangiz, bu pulni qanday qaytarishingizni aytib berishingiz kerak: pul yoki xalqaro sovrinlar bilan. Mening «Sabot» filmim pul bilan qaytmadi, lekin u o‘zbek kinematografiyasining xalqaro obro‘sini mustahkamladi. Film 18 ta festivalda va 2 ta kinopremiyalarda qatnashgan.

Avvalo, biz kinomizning sanoat tarkibiy qismini oshirishimiz kerak. «O‘zbekfilm» studiyasida ishni boshlash uchun jihozlar faqat bitta film uchun yetarli: bitta kamera, bitta yorug‘lik to‘plami.

Biznes anchadan beri davlat kinosi bilan birlashib ketgan. Tasvirga olish va montaj qilish uskunalarining 90% uzoq vaqtdan beri ijaraga olinmoqda. «O‘zbekfilm» ancha vaqtdan beri milliy kinematografiyaning sanoat bazasi emas.

Davlat Umarov suhbatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.