«Rapunsel» multfilmi syujetida koronavirusga ishora qiluvchi belgilar aniqlandi

«Rapunsel» multfilmi syujetida koronavirusga ishora qiluvchi belgilar aniqlandi

2010 yilda katta ekranlarga chiqqan «Rapunsel» multfilmi syujetida COVID-19 pandemiyasiga ishora qiluvchi sahnalar topildi, deb yozadi «KinoPoisk».

Multfilm aka-uka Grimm ertagi asosida yaratilgan. Uning syujetiga ko‘ra, yerga quyosh tomchisi tushadi. Ushbu tomchidan kasalliklarni tuzatish va abadiy yoshlikni taqdim etishi mumkin bo‘lgan gul paydo bo‘ladi. Gul dastlab Gotel ismli keksa ayolning qo‘liga tushadi, keyin esa uni Korona qirolligi askarlari homilador qirolichani davolash uchun olib ketadi.

Qirolicha sog‘ayganidan so‘ng u malika Rapunselni dunyoga keltiradi. Abadiy yosh qolishni istagan Gotel qizaloqni o‘g‘irlab ketadi va baland minoraga qamab qo‘yadi. Rapunsel minorada 18 yil yashaydi, u hech kim bilan muloqot qilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari multfilmdagi ikki detalga e’tibor qaratdi. Birinchidan, Rapunsel tug‘ilgan qirollikning nomi Korona. Ikkinchidan, hozirgi pandemiya sharoitida odamlarni izolyasiyalanishga chaqirishmoqda, bu esa Rapunselning hayot tarzini eslatadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Rapunsel izolyasiyadan so‘ng baxtga erishgani, bu esa karantinning ahamiyatini ko‘rsatishini yozib qoldirgan.

Shu munosabat bilan «Rapunsel» multfilmi OAV e’tiboriga tushdi. USA Today nashri karantinda qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozimligi haqida material e’lon qildi. Maqola muallifi punktlardan birida minorada shamlar tayyorlash, rasm chizish bilan mashg‘ul bo‘lgan Rapunselni eslab o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!