Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga xoslab ism qo‘yish shartmi?

Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga xoslab ism qo‘yish shartmi?

- Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga xoslab ism qo‘yish shartmi? Masalan, Ro‘zivoy yoki Ramazon singari ismlarni.

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.

- Shariatimizda Ramazonda tug‘ilgan bolaga ro‘zaga moslab ism qo‘yish shartligi haqida ko‘rsatma yo‘q. Ba’zilarning: “Bola Ramazon oyida tug‘ilsa, Ramazon, Ro‘zi va Hayit ismini qo‘yish kerak” degan va yana shunga o‘xshash gaplari asossiz va dinimizga aloqasi yo‘qdir. Musulmonchilik an’analariga ko‘ra Alloh taologa bandalik ma’nosini ifodalovchi, payg‘ambarlar, sahobalar, allomalar, solih kishilar va taqvoli onalarimizning ismlarni qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!