Qo‘ziqorin haqida siz bilmaganlar…

A A A
Qo‘ziqorin haqida siz bilmaganlar…

Qadim zamonlardan buyon odamlar ovqatlanish hamda kasalliklarni davolash maqsadida qo‘ziqorindan foydalanib kelishgan. Lekin qo‘ziqorinning foydasi va zararli xususiyatlarini o‘rganish ishlari XX asrga kelib boshlangan. Dunyoda qo‘ziqorinlarning 100 mingdan ortiq turi mavjud. O‘zbekistonda qo‘ziqorinning 100 dan ortiq turi o‘sadi. Shundan atigi 25 turigina iste’molga yaroqli, ya’ni zaharsiz hisoblanadi.

Qo‘ziqorin quritilgan, qaynatilgan, qovurilgan, tuzlangan, marinadlangan ko‘rinishda iste’mol qilinadi. O‘rmon hududlarida yashaydigan mamlakatlarda qo‘ziqorinni hatto xomligicha iste’mol qilish usullarini o‘rganib olishgan.

Antibiotik sifatida ishlatiladigan penisillin dorisi qo‘ziqorindan olingan. Bugun ham bu o‘simlik ekstrakti farmasevtikada keng qo‘llaniladi.

O‘zida gelvelat kislotasi mavjud zamburug‘lar, jumladan, veshanka va shampinyon kabilarni oldin suvda qaynatib, so‘ng bemalol turli taomlar tayyorlab iste’mol qilish mumkin. Madaniy sharoitda yetishtirilgan qo‘ziqorinlar sanitariya-epidemologiya xizmati laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazilib, zararsiz deb topilgandan keyingina sotuvga chiqariladi. Odamlar o‘zi bilar-bilmas terib olgan qo‘ziqorinlarni ovqatga ishlatishdan ehtiyot bo‘lishi kerak.

Qo‘ziqorinlarning foydali xususiyatlari juda ko‘p. Misol uchun, bu mahsulot immunitetni mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Ulardagi lesetin moddasi tomirlarni tozalash va xolesterinni kamaytirishga yordam beradi, aterosklerozning oldini oladi.

Qo‘ziqorin tarkibida biologik antibiotik moddalar bor. Shu sababdan farmakologiyada undan tabiiy antibiotiklar tayyorlanadi. Shuningdek, shampinyonlardan olingan birikmalar yiringli yaralarni davolashda, govorushka nomli turidan olingan dorivor moddalar sil kasalligiga qarshi preparatlarda ishlatiladi. Yomg‘irdan keyin chiqadigan (dojdevik) qo‘ziqorinlar ekstraktidan tayyorlangan surtmalar kesilgan, timdalangan jarohatlarni davolashda yaxshi samara beradi.

JIGAR UCHUN FOYDASI
Tarkibidagi RR vitamini qon hosil bo‘lish jarayonida muhim rol o‘ynab, tomirlar devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin qo‘ziqorinda mol jigaridan ham ko‘proq.

Qo‘ziqorin, ayniqsa, jigar uchun eng zarur mahsulot sanaladi. Organizm mineral moddalar hamda V va S vitaminiga ehtiyoj sezganda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Qo‘ziqorin asab tizimi uchun ham foydali bo‘lib, ortiqcha hayajon va ziqlikdan xalos qiladi. Iste’molga yaroqli zamburug‘larni me’yorida iste’mol qilish aqliy qobiliyatni kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ortiqcha vazndan qutulmoqchi bo‘lganlar dastlab o‘zida qo‘ziqoringa allergiya yo‘qligiga ishonch hosil qilishi, keyin parhezshunos maslahati asosida haftasiga 2 marta ovqatlanish rasionga kiritishi tavsiya qilinadi. Chunki u ochlikni tez qondiradi va uzoq vaqt to‘q tutadi. Qo‘ziqorin tanada radioaktiv moddalarni to‘plamaydi, aksincha, ularni organizmdan chiqarib yuboradi.

Oq qo‘ziqorin teri, soch va tirnoqlar salomatligini yaxshilashga ko‘maklashadi. Shuningdek, qalqonsimon bez faoliyati buzilishining oldini oladi.

Shampinyon deb ataluvchi qo‘ziqorinlar shifokorlarning ta’kidlashicha, bosh og‘rig‘ini davolashda samara beradi.

Oyster nomli qo‘ziqorinlar immunitetni ko‘tarib, inson organizmini har xil kasalliklardan himoya qiladi. Bu xususiyat ular tarkibidagi RR vitamini bilan bog‘liq.

Shiitake qo‘ziqorinlari inson salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Yaponiyada ulardan saraton va boshqa o‘sma kasalliklarining oldini olish hamda davolash uchun qo‘llaniladi.

Xitoy tabobatida qo‘ziqorin qadimdan saraton va diabet xastaliklari bilan kurashishda, qon aylanishini faollashtirish, ichaklarni tozalash maqsadlarida ishlatilgan.

Mazkur mahsulot oshqozonda kraxmalli taomlarni parchalashga ko‘maklashadi. Rus xalq tabobatida yurak-qon tomir kasalliklarida foydaliligi tan olingan. O‘rta Osiyo tabiblari qoldirgan yozuvlarda, ayniqsa, Ibn Sino manbalarida qo‘ziqorinlar qondagi yomon xolesterin miqdorini pasaytirishi, tomirlardagi tiqilmalarni ochishi aytib o‘tilgan. Zamonaviy tibbiyotda ham ularning tabiiy insulin va fermentlarga boyligi aniqlagan, shu bois qandli diabet kasalligida juda yaxshi ozuqa bo‘lishi aytiladi.

ZAHARLANISHDAN SAQLANING!
Qo‘ziqorinning foydali jihatlari ko‘p bo‘lgani bilan ular iste’molida ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Birinchidan, zaharli turlari, ikkinchidan, ekologik jihatdan noqulay sharoitda o‘sgan va konservasiyalash jarayonida to‘g‘ri tayyorlanmagan qo‘ziqorinlarni iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.

Tibbiyot amaliyotda shunday holatlar bo‘lganki, ayrim hollarda zaharsiz deb hisoblangan qo‘ziqorinlardan zaharlanish holatlari ham kuzatilgan. Jumladan, yo‘llar bo‘yidagi, kimyoviy zavodlar yoki kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonalar yaqinidagi hududlarda o‘sgan, yesa bo‘ladigan qo‘ziqorin turlarini ham iste’mol qilish yaramaydi. Chunki qo‘ziqorinlar atmosfera havosi, suv va tuproqdagi zaharli kimyoviy moddalarni o‘ziga tez singdirib olish xususiyatiga ega. Shuning uchun ba’zida iste’molga yaroqli qo‘ziqorinlardan zaharlanish holatlari ham uchrab turadi.

Respublikamizda o‘sadigan qo‘ziqorinlarning ham bir qator turlari zaharli hisoblanadi. Ular tarkibidagi zaharli moddalar qaynatilganda yoki qovurilganda ham saqlanib qoladi. Umuman, qo‘ziqorin hazmi murakkab, hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydigan yegulik hisoblanadi, shuning uchun tanovul qilishda mutaxassis maslahatiga tayanish kerak. Qo‘ziqorin iste’molidan so‘ng qandaydir noxushlik sezilsa, tezlik bilan shifokorga murojaat qilish shart.

Foydali maslahatlar:
Uch yoshdan kichik bolalar, qo‘ziqoringa allergiyasi bor kishilar bu mahsulotni iste’mol qilmasligi lozim.

Qo‘ziqorinli taomlarni no‘xat va don mahsulotlari, spirtli ichimliklar bilan aralashtirib yeyish tavsiya etilmaydi. Bunda hazm qilish bilan bog‘liq me’da-ichak muammolari kelib chiqishi mumkin.

Homilador va emizikli ayollarga, yosh bolalar, shuningdek, oshqozon-ichak trakti faoliyati buzilgan bemorlarga qo‘ziqorinli taomlar hamda salatlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Qo‘ziqorinni iste’mol qilishdan avval, albatta, yaxshilab yuvib, tozalab, qaynatish yoki maydalab, qovurish kerak.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

«Manchester Siti»ning yetakchi markaziy himoyachisining kelajagi ma’lum

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Рубен Диаш «Интер»га ўтмайди. Бу ҳақда журналист Фабрицио Романо хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

"Hech qanday bayram bo‘lmaydi". Gvardiola kechagi g‘alabadan so‘ng

Хосеп Гвардиола "Челси" устидан Англия Кубоги финалида (1:0) қозонилган ғалабадан кейин фикр билдирди.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Saudiya Arabistonida Qurbon Hayiti sanasi ma’lum qilindi

Саудия Арабистонида 17 май куни Зулҳижжа ойи ҳилоли кўрилгани маълум қилинди. Шунга кўра: ➖ 18 май — Зулҳижжанинг биринчи куни; ➖ 26 май — Арафа куни; ➖ 27 май — Қурбон Ҳайити этиб белгиланди.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.