Qurbon hayiti kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Qurbon hayiti kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 14-18 iyun kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Bugun va ertaga O‘zbekiton hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika hududining katta qismida
32-35 daraja atrofida bo‘lgan juda qulay havo harorati kuzatiladi. Faqat respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida kunduz kunlari havo 37-39 darajagacha isiydi.

16-18 iyun - Qurbon xayiti bayrami kunlarida respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, havo harorati hududning katta qismida 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-41 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 17-18 iyun kunlari kechga tomon
ba’zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, 18 iyunda
ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: 14-15 iyunda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 32-35 daraja bo‘ladi.

16-18 iyun kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!