Qozog‘istonda suv toshqini yuz berdi

Qozog‘istonda suv toshqini yuz berdi

Qozog‘istonning g‘arbiy, shimoliy va sharqiy viloyatlarida kuzatilayotgan yog‘ingarchilik tufayli ko‘plab aholi punktlari suv ostida qoldi.

Selinograd tumanining Qo‘yandi qishlog‘ida havo haroratining ko‘tarilishi va qor erishi tufayli uchta uy va ikkita vaqtinchalik turar joy binosi suv ostida qoldi. 26 mart, seshanba kuni kechki payt Oqmo‘la viloyatining Selinograd tumanidagi Qo‘yandi qishlog‘ining o‘nlab aholisi toshqinga qarshi choralar sur’atidan noroziligini bildirib, qishloq hokimligi yaqinidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Voqea joyiga tuman hokimi Baxidbek Ospanbekov va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Kanat Dospayev yetib kelgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida rasmiylar mahalliy aholi bilan uchrashdi.

27 mart kuni ertalab 80 ming kub metr suv chiqarib tashlandi. Hammasi bo‘lib, Oqmo‘la viloyati va Ostona shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlaridan 76 kishi, 17 ta texnika va 18 ta motor nasoslari jalb qilingan. Vaziyat barqaror. Ish kechayu kunduz davom etmoqda, deb xabar beradi tengrinews.kz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!