Qozog‘iston bug‘doyini Pokiston va Eronga eksport qilish mumkin

Qozog‘iston bug‘doyini Pokiston va Eronga eksport qilish mumkin

QR Bosh vazir o‘rinbosari – Savdo va integrasiya vaziri Serik Jumang‘arin Hukumat koridorida jurnalistlarga bug‘doy eksporti ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi.

«Ma’lumki, bizda avval g‘alla eksporti taqiqlangan edi. Lekin fermerlar foyda ko‘rishi uchun uni olib tashladik. Adashmasam 10 sentyabrdan olingan. Ayni paytda g‘alla yetishtirishimiz yetarli. Bundan tashqari, Oziq-ovqat korporasiyasi ham sotib oldi. Shuning uchun bug‘doyga nisbatan xavf yo‘q», — dedi vazir va bug‘doy eksport qiluvchi davlatlar ro‘yxati kengayishi mumkinligini aytdi.

«Prezidentimiz Samarqandda bo‘lganida Pokiston va Eron rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, aniq topshiriqlar berdi. Kecha biz bu ikki davlat bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. Keyingi hafta gaplashamiz. O‘shanda nafaqat don yetkazib berish, balki transport logistikasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya faoliyatini optimallashtirish kabi murakkab masalalar ham muhokama qilinadi», -dedi Serik Jumang‘arin.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyuldan boshlab Qozog‘istondan bug‘doy va bug‘doy unini eksport qilishga cheklovlar joriy etilgan edi. 14 sentyabrdan QR Qishloq xo‘jaligi vazirligi bug‘doy va un eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!