“Qoshiq bilan taom yeyish sunnatga xilofmi?”

“Qoshiq bilan taom yeyish sunnatga xilofmi?”

"Biron kimsa: "Stol ustida yoki qoshiq bilan taom yeyish sunnatga xilofdir",  deb aytsa…
Bundayin insonlarning din haqidagi tushunchalari o‘ta g‘aribdir. 

Islom asoslari muqobilida bunaqa mayda narsalarni ko‘tarib yurish, aqlan komil emaslik belgisidir".

Shayx Muhammad G‘azoliy rahimahulloh.

 

Shayx G‘azoliy rahimahullohning ushbu qavlini o‘qib, darrov qizishib ketmaylik. Agar chuqur mulohaza qilib ko‘rsak, shayxning so‘zlari naqadar haqiqat ekaniga amin bo‘lamiz.

Bu yerda biron bir sunnat amal kamsitilayotgani yo‘q. Ammo, zamon bilan hamnafaslik, taraqqiyotda ilg‘orlikka harakatda bo‘lish va boshqalarga tobe’lik - qaramlikdan qutilish va hokazo bizlar mubtalo bo‘lgan qusurlarimizni islohi haqida mulohaza qilinayabdi.

Islom – muqaddas va hamma zamonlar uchun hukmi joriy bo‘lgan dindir.
Juda katta muammolar yechimi biz ummatga bog‘liq bo‘lib turgani holda, mayda masalalarda o‘zaro tortishib, ittifoqimizni yo‘qotib, yanada ortda qolib ketayotganimizni his qilib ko‘raylik.

Agar "Islomda katta kichik masala bo‘lmaydi", deyilsa, gunohlarning katta kichigi, amallarning savobida tafovut borligiga e’tibor qilib ko‘raylik.

Bir mahallar dunyo tamadduniga o‘zlarining eng ilg‘or kashfiyotlari bilan tamal toshlari qo‘ygan ummat, bugungi kunda taom-u libos qandayligi, qanaqa rangli bo‘lishi haqida tortishib, taraqqiyotdan ortda qolishmoqda.

Markabning emblemasi hoch ekani, uni minib yurish joizmi yoki yo‘qmi ekani haqida tortishish o‘rniga, o‘sha ulovni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida mulohaza qilish lozim.

Ulamolarimizning "Fitnadan qochishlik – payg‘ambarlar sunnatlaridandir", deb aytgan qavliga e’tibor qilaylik.

Biron sunnat amal bois o‘zaro tortishib, boshqa millatlar istehzosiga va tahqiriga duchor bo‘lish o‘rniga, ilm-u ma’rifat, zamon bilan hamnafaslik, taraqqiyotga hissa qo‘shish fikrida va amalida bo‘laylik.

Zotan, hozirgi kunda mana shunga muhtojmiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!