Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarmaylik yoxud joy nomlari nega xunuk?

A A A
Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarmaylik yoxud joy nomlari nega xunuk?

Ushbu maqola qisqartirilgan shaklda “Oila davrasida” gazetasining 2016 yil 11 fevraldagi 6-sonida “Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarmaylik yoxud joy nomlari nega xunuk?” nomi ostida chop etilgan.

Akademik D.S.Lixachyov o‘z vaqtida ta’kidlagan edi: “Toponomiyaning tarixiy-madaniy merosiyligini qayta tiklar ekanmiz, biz bu bilan xalqimizning madaniy qadriyatlarini qaytaramiz, bugundan o‘tmishga va o‘tmishdan bugun orqali kelajakka aloqa rishtalarini o‘tkazamiz. Tarixiy nomlarni qaytarish va himoya qilish – oliyjanob ijtimoiy va madaniy vazifa!”

Joy nomlarining kelib chiqishini o‘rganuvchi toponimiya fani haqida bildirilgan bu fikr to‘kis haqiqatni aks ettiradi: shaharlar va madaniyatlar tuproq ostida qolishi, kitoblar yo‘qolishi, tillar unutilishi mumkin, biroq joy nomlari uncha-munchaga unut bo‘lmaydi.

Toponimiyaga bo‘lgan qiziqishimni dastlabki bosqichda ilmiy nashrlar bilan qondirgan bo‘lsam, keyinchalik bugungi kunning daraklarini o‘rganish uchun davriy matbuotda mavzuning yoritilishini kuzatdim. Duch kelganim maqolalar asosan nomlarni o‘zgartirish, eskilarini qayta tiklash borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan edi. Erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan holda, ta’kidlab o‘tishim lozim, ayrim kamchiliklarga, shuningdek, tilga olingan maqolalarda yo‘l qo‘yilgan noxolislikka ko‘z yuma olmadim va ularga qisqacha to‘xtalib o‘tishga qaror qildim.

Kuzatishlarimga qaraganda, jurnalistlar mazkur mavzu doirasida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratadilar:

– sovet davridan qolgan joy nomlari o‘zgartirilmoqda yoxud ularga tarixiy nomlar qaytarilmoqda;

– “xunuk” nomlar o‘zgartirilmoqda.

Sovet davri nomlarining o‘zgartirilishi o‘zini oqlaydigan tadbir, deb ayta olamiz. Chor Rossiyasi mahalliy xalqlarning ichki ishlariga imkon qadar aralashmaslikka harakat qilgan bo‘lsa, Sovet hukumati o‘tmish bilan aloqani uzib tashlab, tamomila yangi jamiyat yaratishga urindi, shu bois tarixiy xotiraning muhim qismi bo‘lmish joy nomlarida yangicha mafkurani aks ettirishga intildi: xarita Buxarin, Kirov, Orjonikidze, Stalinobod, Frunze otlariga burkandi. Shunday ekan, hozirgi kunda bunday mafkuraviy ildizga ega nomlarning o‘zgartirilishi tabiiy holdir.

Ammo ushbu jarayonda ma’lum e’tiborsizlik sabab yuqorida tilga olingan “xunuk” toponimlar ham zarba ostida qolmoqda.

Masalan, Beshkal, Yalang‘och, Xarkusht singari otlar “hech qanday ma’noga ega emas” va “ma’naviy qiyofamizga mos kelmaydi”, deya talqin qilingan paytlar ham bo‘ldi. Bunday ta’kidlar toponimiya ilmi bilan ham, tarix bilan ham yaxshi tanish bo‘lmagan kishidan chiqishi mumkin, xolos.

Ildizi baquvvat nomlar

O‘zbekiston hududi toponimiyasini chuqur o‘rgangan etnograflardan B. Qarmisheva (Surxondaryo), O. Suxareva (Buxoro, Qashqadaryo), X. Doniyorov (Samarqand), S. Gubayevalarni (Farg‘ona vodiysi) alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular to‘plab, tahlildan o‘tkazgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bir-bir yarim asr muqaddam joylarning atalishiga boshqacha yondashilgan. Avvalo, rasmiy nomlar bo‘lmagan, faqat xalq tilida muayyan joyning o‘ziga xos xususiyatlariga (masjid-madrasalar, choyxona va ziyoratgohlar), bino etilish tarixiga (tepalik ustida, dasht o‘rtasida tashkil topishi) va u yerda istiqomat qiluvchi urug‘ nomiga uyg‘unlashtirilgan. S. Gubayeva farg‘onalik bir nuroniyning so‘zlarini keltiradi: “Ilgari toshloq-poshloq demasdik, urug‘ning nomini aytardik”.

Shunday ekan, ma’nisiz va g‘alati deb hisoblanayotgan joy nomlarining ko‘p qismi mohiyatan chuqur tarixiy mundarijaga ega bo‘lib, o‘tmishning tom darakchisidir: Bag‘anali, Boymoqli, Taka, Yalang‘och, Beshkal – bularning bari qabila, urug‘ va to‘p-gala nomlaridir. O‘zbek xalqi o‘z tarkibiga olgan 92 bovning har biri uni moziy bilan bog‘laydigan bir rishtadir, zotan, ulardan voz kechish tarixiy xotirani tiklash borasidagi ishlarga zid kelishi mumkin. Taassufki, joylarda professional toponimchilarning deyarli yo‘qligi, shosha-pisha qabul qilayotgan ayrim qarorlar tarixiy xotiraning butun boshli qatlamlari yangi, chiroyli, ammo tarixiy asosga ega bo‘lmagan nomlar ostida qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Mutlaqo ma’nodan mosuvo joy nomlari bo‘lmaganidek, haqoratli nomlar ham bo‘lmaydi, mutaxassis etnograflar va tilshunoslar yordamiga murojaat etilmagani tufayli bu singari yanglish xulosalarga kelinadi. Avvalo, ayrim urug‘ nomlari unutilishi oqibatida xalq joy nomlarini noto‘g‘ri talqin qila boshlashi mumkin. Qo‘qon taraflarda Jalayer degan qishloq bor. Mahalliy aholining ishonishicha, bu yerlarda ko‘p jala yoqqanidan shu ta’rif o‘rnashib qolgan emish. Vaholanki, joy nomining tub shakli Jaloyir bo‘lib, bir paytlar mazkur hududda shu otdagi qabila istiqomat qilganidan darak beradi. Shuningdek, Urgutda Mang‘itobod Magnitobodga aylanib ketgan. Ba’zan mutoyiba qilinadigan Yakkabog‘dagi Qayrabsoldi ham aslida Qayrasonli bo‘lib, kenagas qavmining bir shoxini anglatadi.

Ikkinchidan, bizga xunuk tuyulgan so‘zlar 100-200 yil muqaddam boshqa ma’noda ishlatilgan bo‘lishi va haqoratli yukka ega bo‘lmagani ehtimoli baland. “Galatentak” tarzidagi keng tarqalgan toponimni tanqid ostiga olarkan, ayrim mualliflar XX asr boshiga qadar “tentak” sifati ruhiy xastani emas, balki ruhi baland, jang qilishga qobil jasoratli insonni anglatganini o‘ylab qo‘rishmaydi. “Devona” so‘zi ham salbiy tusga ega bo‘lmay, foniy dunyodan voz kechgan taqvodor darveshlarga nisbatan qo‘llangan. Taniqli mumtoz shoir Mashrabning ham devona deb atalishi bejiz emas.

Nihoyat, joy nomi qadimda mazkur hududda tarqalgan biror o‘lik tilga borib taqalishi mumkinki, bu uning tilshunoslik va tarix oldidagi qadrini o‘n chandon oshiradi. Aytaylik, yuqorida esga olingan Xarkusht nomi forscha “eshak o‘ldi” ma’nosini anglatishi mumkin (Qoraqalpog‘istonda bunga monand Qo‘yqirilgan toponimi mashhur, “Boburnoma”da esa Takasakragan tilga olinadi), lekin bu nom so‘g‘dcha “charxusht”ga ham borib taqalishi ham ehtimoldan holi emas. Ushbu so‘zning mazmuni “uzum ezadigan uskuna”dir.

Xunuk joy nomlarini chiroyli muqobillariga almashtirish oldidan har bir nom ostida berkingan tarixiy asosga chuqur razm solish kerak, nazarimda. O‘z kayfiyatiga qarab birini “chiroyli”, birini “xunuk” va “ma’naviyatsiz” deb baholaydigan havaskorlar emas, ishning ko‘zini biladigan olimlar, toponimchi va tarixchilar joylarni nomlash ishiga jalb qilinishi zarur emasmi?

Qo‘qonni Gulobod atasak…

“Registon” forschada shunchaki “qum to‘shalgan joy” degani. Lekin bu nomning biror-bir “chiroyli” muqobilini topib qo‘ysak, Samarqandning ramziga aylangan mashhur tarixiy yodgorlikning mavqeiga qay darajada katta zarar keltirilishini tasavvur qilib ko‘ring!

Albatta, kichik qishloqlar, soylar va tepaliklar Registonchalik muhim ahamiyat kasb etmasligi mumkin, biroq tarixan shakllangan nomlar ularning har biriga o‘zgachalik, betakrorlik, milliy ruh baxsh etadi, tarixiy xotiraning tiklanishiga va mustahkamlanishiga yordam beradi. “Guliston”, “Baxtobod”, “Bahoriston” kabi hashamatli ta’riflar ham o‘z o‘rniga ega, lekin ular bizning zamonamizda, bizning qo‘llarimiz bilan yaratilgan maydonlar, inshootlar, bog‘lar, kanallar va aholijoylarga yarashadi; tarixiy nomlarning ular bilan o‘zgartirilishi esa tussiz, bir xildagi “guliston”larning urchishiga olib keladi.

Aslini olganda, hamma tarixiy nomlar ham biz kutganchalik balandparvoz bo‘lib chiqavermaydi. Manbalarda Qo‘qon toponimi “Havo qand” (havosi yaxshi shahar), “Ko‘x kand” (Tog‘ yonbag‘ridagi shahar) tarzida tushuntirilishi ko‘p shoirlarni ilhomlantirgan, illo bu ta’riflar badiiy to‘qimadan boshqa narsa emas. Atamaning tub mazmuni biz kutgandan ancha jo‘n: so‘g‘dcha “g‘uvo kant” – “savdo shahri” (arab tili ta’sirida “Xo‘qand” shakli yuzaga kelgan). Tasavvur qiling, shu mantiqdan kelib chiqib, Qo‘qonni “Gulobod” deb atasak? Unda shahar qiyofasini, ruhiyatini yo‘qotib qo‘yadi-ku!

“Jizzax” so‘g‘dchada va forschada “kichkina qo‘rg‘on”, “Toshkent” eski turkchada “Tosh shahar” deganidir, lekin allaqachon tarixiy kapitalga aylanib ulgurgan bu nomlardan voz kechish hech kimning xayoliga kelmaydi. Nega unda kichik qishloqlarning tarixiy atalishidan osonlikcha voz kechilishi kerak?

Joylardagi komissiyalar va ishchi guruhlarning shularni e’tiborga olishi, mutaxassislar jalb qilinishi, nom almashtirishda ehtiyotkor va sinchkov bo‘lishi foydadan holi bo‘lmaydi, nazarimda.

Ilova

Quyida O‘zbekiston hududida keng tarqalgan, tarixiy negizi baquvvat, ammo ayrimlar tomonidan nojo‘ya deb kelinayotgan ba’zi joy nomlarini sharhlab o‘tamiz.

Taka – turkman urug‘laridan birining nomi. Taxmin qilinishicha, taka bu urug‘ning totemi bo‘lgan. Xorazm o‘zbeklari yostiqni “taka yastiq” deb atarkan, uni aynan shu qavmga nisbat beradi. O‘z navbatida, ayrim turkman bo‘ylari bu ashyoni “o‘zbek yastiq” deb ataydi;

Chandir – turkman urug‘i, chovdurlarning bir bo‘linmasi. “Chayir, epchil” degan ma’noni anglatadi;

Yalang‘och, ingichka (jingichka) – Farg‘ona qipchoqlarining to‘plari;

Galabotir, galatentak, galadevona – O‘rta Osiyo arablarining to‘plari (galalari). Qarmisheva Janubiy O‘zbekiston va Tojikiston hududida o‘tkazgan izlanishlari mobaynida Rabotakning Boy va Sari qishloqlarida istiqomat qiluvchi o‘zbekzabon arablarning shu nomdagi bo‘linmalarini qayd qiladi. Yuqorida aytilganidek, “tentak” va “devona” so‘zlari bu o‘rinda salbiy yuk tashimaydi;

Beshkal, kallar – turk ittifoqiga kiruvchi kaltatoy qabilasining bir urug‘i. U kattakallar va maydakallar to‘plariga bo‘linadi. Bundan tashqari, Rabotak arablarining bir guruhi o‘zlarini beshkal urug‘iga mansub deb hisoblaganlar, qo‘ng‘irotlarda esa kallar degan to‘p bo‘lgan;

Qo‘shtamg‘ali – nihoyatda keng tarqalgan bu toponim qo‘ng‘irot qabilasining eng yirik urug‘ini ifodalaydi. Rivoyatga ko‘ra, Qo‘ng‘irot otaning katta xotinidan to‘rtta (Uvoqtamg‘ali, Qo‘shtamg‘ali, Xonjig‘ali, Oyinli), kichik xotinidan bitta (Tortuvli) o‘g‘li bo‘lgan. Ulardan tarqalgan avlodlar 18, 16, 14, 12 va 6 guruhga bo‘linib, Oltmish olti ota qo‘ng‘irot qabilasini tashkil qilgan. Ularning ko‘pi tamg‘asiga ko‘ra nomlangan (jilontamg‘ali, qaychili, bolg‘ali, taroqli, qo‘ldovli, boymoqli, achamayli va h.k.);

Uyshin, xitoy, qoraxitoy, uyrot, laqay, qo‘ng‘irot, nukus, mitan, o‘ngut, qavchin, jaloyir, tulkichi, qushchi, qarapchi, taqachi, pichoqchi, yuz, qirq, ming, uyg‘ur, qirg‘iz, mo‘g‘ul, qozoq, qiyot, chig‘atoy, orlot (ollot), bahrin, kenagas, arg‘in, sirg‘ali, boymoqli, turkman, do‘rmon, nayman, saroy, qatag‘on, mang‘it, qalmoq va h.k. – o‘zbek bo‘ylarining nomlari;

Do‘ng qishloq – yuqorida, tepalikda joylashgan qishloq. Odatda uning yaqinida Past qishloq ham bo‘ladi;

Mohov qishloq – biror urug‘dan ajralib chiqib, yaydoq dalada oilasi bilan yerlashgan odam “mohov” yoki “yakkamohov” deb yuritilgan. Uning joylashgan yerida o‘sib chiqqan qishloq sekin-asta “Mohov qishloq” deb atala boshlangan. Nomning tarixiy muqobili – Otabezor guzar.

Muallif: Eldar Asanov

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Abduqodir Husanovning «Liverpul»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

"Манчестер Сити" Англия кубоги чорак финалида "Ливерпуль"ни йирик 4:0 ҳисобида мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.