Qorabog‘da vaziyat jiddiy: Rossiya TIV tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Qorabog‘da vaziyat jiddiy: Rossiya TIV tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘ mojarosi tomonlarini zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga chaqirdi.

Bayonotda yozilishicha, Tog‘li Qorabog‘ hududida vaziyat keskinlashgan. Har ikkila tomondan o‘qqa tutish kuzatilmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumotlar bor.

“Tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga va vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida muzokaralarga o‘tishni chaqiramiz”, - deyilgan Rossiya tashqi siyosiy idorasi bayonotida.

Avvalroq, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Qorabog‘da tutash chegaralardagi aholi punktini o‘qqa tutganini ma’lum qilgan edi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, aholi orasida qurbonlar bor. Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qorabog‘ “havo va raketa hujumlariga” uchragan. Arman tomoni Ozarbayjonning ikkita vertolyoti va uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirganini xabar qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!