Turk aktyor hamda aktrisalari shaxsiy hayotida ro‘y berayotgan yangiliklar, hozirda yulduzlar nimalar bilan band ekani haqida ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Qora niyat” seriali qahramoni Eda Eje to‘rt yillik munosabatlardan so‘ng Bugraxan Tunjerga turmushga chiqqan.
Aktrisa yoz faslining oxirida farzand kutayotgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bergan edi.
“Galatasaray” basketbol klubi saytida juftlikning farzandli bo‘lgani haqida e’lon qilindi, tabriknomada shunday deyilgan:
Hurmatli sportchimiz Bugraxan Tunjer va uning sevikli rafiqasi Eda Eje! Bugun dunyoga kelgan qizlari Mina Ipekka mustahkam sog‘lik, uzoq va baxtli umr tilaymiz, Tunjerlar oilasini chin qalbimizdan tabriklaymiz. Galatasaray oilasiga xush kelibsiz, Mina Ipek Tunjer!
Turk estradasining sevimli yulduzi Jem Adrian sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelganini ijtimoiy tarmoqlarda bildirdi.
Kasallik og‘ir kechayotganiga qaramay, san’atkor konsert dasturlari kunini ko‘chirmasligini aytib o‘tdi:
Yaqinlarim tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda bugun, ertaga va yana bir kun konsertim namoyishi bo‘lib o‘tadi. Agar sahnada qo‘shiqlarni yaxshi ijro eta olmasam, aybga buyurmaslikni so‘rayman. Men qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, — deya muxlislarga murojaat qildi.
Omera Adamo‘glu obrazini ijro etgan aktyor Salahattin Pashali ijtimoiy tarmoqlarda rafiqasi Lara Pashalini tavallud ayyomi bilan tabrikladi va bayramni birga nishonlagan kundan esdalik fotosuratlar bilan bo‘lishdi.
Nafaqat Turkiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan aktrisa Burju Birijik hozirda homiladorlikning beshinchi oyida. U turmush o‘rtog‘i Emre Yetkin, ukasi Birkin Birijik va uning rafiqasi Sumayya bilan Gresiyaga sayohat uchun yo‘l oldi.
Foto: Dzen
Intervyulardan birida aktrisa oiladagi yangi mehmonga uning turmush o‘rtog‘i qanday munosabatda ekanligi haqidagi savolga shunday javob qildi:
Bu kutilmagan xabar emas edi. Emre qiz farzandli bo‘lishni juda istardi va biz farzandimiz dunyoga kelishini intiqlik bilan kutmoqdamiz.
Aktrisa Fahriye Evjen va uning turmush o‘rtog‘i Burak O‘zchivit oilasi bilan o‘rmonlarni kezayotgan suratlarini bo‘lishdi. Yulduzlar oilasi farzandlari bilan tez-tez sayr va sayohatlarga chiqib turadi.
O‘guzhan Koch va Demet O‘zdemir 2022 yilning avgust oyida turmush qurgan va Istanbuldagi eng nufuzli mehmonxonada 180 000 dollarlik to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Afsuski, oradan sakkiz oy o‘tib juftlik ajrashib ketdi. Biroq turk OAV ma’lumot berishicha, sobiq er-xotin bir tumandan uy xarid qilib, deyarli qo‘shnilarga aylandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.