Qirg‘izistondagi to‘yxonada 108 kishi ovqatdan zaharlandi

Qirg‘izistondagi to‘yxonada 108 kishi ovqatdan zaharlandi

Qirg‘iziston Respublikasi Kasalliklarning oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti 2 avgust holatiga ko‘ra banket zalida zaharlanganlar soni 108 kishiga yetganini ma’lum qildi, deb xabar berdi «Kabar» agentligi.

Voqea Botken viloyati Qadamjay tumanidagi «Almaz» banket zalida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 kishi ovqatdan zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizilgan, ulardan ikki nafari bolalar. O‘z navbatida, 85 nafar fuqaro, jumladan, 1 nafar bola ambulator davolanmoqda.

«Zaharlanganlarning ahvoli qoniqarli, avval jonlantirish bo‘limida yotgan 2 nafar bolaning ahvoli yaxshilanib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘tkazildi», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!