Qirg‘izistonda ISHIDning O‘zbekistondagi a’zolariga soxta pasport tayyorlamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi

Qirg‘izistonda ISHIDning O‘zbekistondagi a’zolariga soxta pasport tayyorlamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi

O‘sh viloyatida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining qalbaki pasportlarini tayyorlash kanali aniqlandi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

“O‘sh viloyatida tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi X.U.O. U “IG (“Islomiy davlat”) xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolarining iltimosiga ko‘ra, O‘sh viloyatidagi ZAGSPRN organlaridagi aloqalari orqali terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasportlarini tayyorlamoqchi bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchining uyida tintuv o‘tkazilganda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining ikkita pasporti topilgan. Tekshiruv taqdim etilgan hujjatlarning qonuniyligini aniqlaydi. Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!