Qidiruvdagi mashinalar topildi

Qidiruvdagi mashinalar topildi

Toshkent shahar Chilonzor tuman DSIning ijro varaqasiga asosan qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxonaning soliq oldidagi qarzdorligi 41 mln. 599 ming so‘mni tashkil qilgan. 

Ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan MIB Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yilgan.

Shuningdek, korxonaga tegishli bo‘lgan 2009 yilda ishlab chiqarilgan “Sinotruk” A avtotransport vositasiga nisbatan bo‘lim tomonidan 2018 yil qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi 2019 yilning 18 aprel kuni qidiruv ishlarini olib borishi natijasida ushbu avtomashina Piskent tumanida ekanligi aniqlandi va tashkilotning soliq oldidagi 41.599.505 so‘m miqdoridagi qarzdorliklari to‘liq undirildi.

Shuningdek, qarzdor korxonaning undiruvchi AKIB “Ipak yo‘li banki” foydasiga 155.709.522 so‘mni undirish yuzasidan MIB Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yilgan. 

Ijro harakatlari davrida korxonaga tegishli bo‘lgan 4 dona “Matiz”, 1 dona “Nexia-3”, 1 dona “Cobalt” va 1 dona “Nexia” rusumli avtotransport vositalariga nisbatan bo‘lim tomonidan 2018 yil kuni qidiruv e’lon qilingan edi.

Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha avtotransport vositalari topilishi natijasida 155.709.522 so‘mlik barcha qarzdorliklar undirib olindi. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!