Qibraydagi xonadonda gaz portladi. Uy egasi va uning o‘g‘li halok bo‘ldi

Qibraydagi xonadonda gaz portladi. Uy egasi va uning o‘g‘li halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan uylarning birida 21 noyabr kuni gaz portladi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, soat 19:16 larda Qibray tumani, Guliston-3 ko‘chasi, 15-uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida uyning bir qismi qulab tushgan, qolgan qismining devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida deformasiyaga uchragan.

Vazirlik tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida uy vayronalari ostidan soat 19:45 da uy egasi X.N. og‘ir ahvolda olib chiqilib, Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan, bemor soat 20:45 da vafot etgan.

Shuningdek, olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida soat 23:06 da uy egasining o‘g‘li A.A.ning jasadi topilgan.

Portlashga xonadon yonidan o‘tgan yerosti gaz quvuridan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadonning yerto‘la qismiga to‘planishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga viloyat hokimligi, FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilib, avariya tiklash va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!