Qaysi tibbiy muassasalarda aholiga bepul xizmat ko‘rsatiladi?

Qaysi tibbiy muassasalarda aholiga bepul xizmat ko‘rsatiladi?

Quyidagi tibbiy muassasalar davlat byudjeti asosida aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi:

✅ Asosiy tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish muassasalari:
? Qishloq va tibbiy vrachlik punktlari;
? Qishloq hududiy kasalxonalari;
? Tuman va shahar oila poliklinikalari;
? Ko‘p tarmoqli tuman va shahar poliklinikalari;
? Tuman va shahar tibbiy birlashmalari (xo‘jalik hisobidan faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiy muassasalardan tashqari).

✅ Favqulodda va tez tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari:
? Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallari;
? Tez yordam ko‘rsatish bo‘limlari, stansiyalari va kasalxonalari.

✅ Onalik va bolalikni himoya qilish muassasalari:
? Bolalar muassasalari (bolalar uyi, bolalar kasalxonasi, sanatoriyalar, poliklinikalar, markazlar, bolalar bog‘chasi va bo‘limlar);
? Tug‘uruqqa yordam ko‘rsatish muassasalari (akusherlik komplekslari, tug‘uruqxonalar, perinatal markazlar – ginekologik bo‘linmalar va koykalardan tashqari);
? Onalar va bolalar muassasalari (“Ona va bola” markazlari, Skrining markazlar);
? O‘smirlar markazlari.

✅ Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarni davolash muassasalari:
? Psixiatrik va psixonevrologik muassasalar (dispanserlar, kasalxonalar, markazlar va sanatoriyalar);
? Ftiziatrik muassasalar (klinikalar, dispanserlar, kasalxona va sanatoriyalar);
? Onkologik muassasalar (klinikalar, dispanserlar, markazlar va kasalxonalar);
? Dermatovenerologik muassasalar (klinikalar, dispanserlar va kasalxonalar – teri tanosil bo‘limlari va koykalardan tashqari);
? Endokrinologik muassasalar (klinikalar, dispanserlar va kasalxonalar);
? Narkologik muassasalar (dispanserlar va kasalxonalar);
? Profpatologik muassasalar (markazlar va bo‘limlar);
? Leprozoriya;
? SPID markazlari.

✅ Infeksion muassasalar (klinikalar, kasalxonalar, markazlar va bo‘limlar).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!