Qaysi kasalliklar ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘la oladi?

Qaysi kasalliklar ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘la oladi?

Ramazon oyida ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘la oladigan kasalliklarga aniqlik kiritildi.

Bular quyidagilar:

  1. Davolab bo‘lmaydigan kasalliklar yoki operasiya o‘tkazilishini talab qiluvchi va bemorning ovqatlanishini talab qiluvchi kasalliklar.
  2. Doimiy ravishda dori ichish kerak bo‘ladigan yurak-tomir tizimi, buyrak va jigar kasalliklari, shuningdek, qandli diabet.
  3. Og‘riq sindromi bilan birga kechadigan va muntazam ravishda og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishni talab etuvchi kasalliklar, masalan, oshqozon yarasi.
  4. Ro‘za tutish oqibatida o‘tkirlashishi mumkin bo‘lgan kasalliklar. Masalan, sil kasalligi yoki baland harorat bilan birga kechadigan kasalliklar.

So‘nggi ikki turga mansub bemorlar davolangandan so‘ng, shifokor bilan maslahatlashib, ro‘za tutishi mumkin. Birinchi ikkita kategoriyaga kiruvchi bemorlar esa hayotining ko‘p qismi davomida ro‘za tuta olmaydi, shu tufayli, ular fidya to‘lashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!