Qashqadaryodagi go‘zallik salonidan 29 yoshli juvonning jasadi topildi: fojianing sababi nima?

A A A
Qashqadaryodagi go‘zallik salonidan 29 yoshli juvonning jasadi topildi: fojianing sababi nima?

«Daryo»ga yo‘llangan galdagi murojaatlarning biri farzand dog‘ida kuyayotgan onaizordan. Onaizorning ma’lum qilishicha, 29 yoshli qizi joriy yil 3 aprel kuni «Yangi Jeynov» MFY hududidagi eski binoda joylashgan go‘zallik salonidan osilgan holda topilgan. Murojaatchi qizining o‘limida tuman IIB tergovchisi, bino egalari va profilaktika inspektorining ishtiroki borligini, ular qizini o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganini aytmoqda.

Voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida «Daryo» muxbiri Mirishkor tumanining «Yangi Jeynov» mahallasida bo‘ldi.

— Hammasi o‘sha o‘g‘rilik sodir etilgan payti IIB xodimlariga murojaat qilishimizdan boshlandi, — deydi marhuma SH.R.ning onasi M.J. – 2018 yil 15 oktyabr kuni salonimizdan 300 AQSh dollari miqdorida pul o‘g‘irlandi. Shunda hududimizdagi profilaktika inspektori M.Q.ga murojaat qildik. Voqeani aytib, shubhadagi kishilar haqida bildirdik. Shunda IIB xodimlari «Dildora bo‘lsa kerak», deya taxmin qilib, tuman markazi va Qarshi shahriga telefon qilishdi. Aniqlanishicha, Dildora va Go‘zal ismli qizlar pulni olib Qarshi shahriga ketgan ekan. IIB xodimlari mashina topishim kerakligini aytib, Qarshi shahriga borib, pulni hoziroq qaytarib olishimiz lozimligini, yo‘qsa ular pulni sarflab yuborishlarini bildirdi.

Aniqlanishicha, marhuma SH.R. onasi bilan birga mahalladagi eski binolarning birida ijarada turib, go‘zallik salonida ish yuritgan.

Onaning aytishicha, 15 oktyabr kuni ular pul o‘g‘rilari ketidan tushganda profilaktika inspektori M.Q.ga IIB tergovchisi Z.A. ham hamrohlik qilgan. Pul o‘g‘rilari Qarshi shahridan topilgach, 100 AQSh dollari qaytarib olingan. Qolgan pullar esa sarflab bo‘lingani bois qaytarilmagan.

Xullas, IIB xodimlari, jumladan Z.A. voqeani batafsil o‘rganishlari lozimlini aytib, jabrlanuvchi M.J.dan ariza oladi. Va arizaga doimiy bog‘lanishlari mumkin bo‘lgan telefon raqamlarini qoldirishini so‘raydi. M.J.ning gapiga ko‘ra, mazkur o‘g‘rilik ishi bilan boshqa tergovchi shug‘ullansa-da, tergovchi Z.A. o‘sha kuni yozib berilgan telefon raqamlariga har xil bahonalar bilan qo‘ng‘iroq qilib, turmushidan ajralgan qizi bilan yaqindan tanishishga harakat qilgan. Va uddasidan chiqqan.

— Xodimning dili qoraligini qayerdan bilibman, doimiy ishlab turadigan nomer bering deyishsa, o‘zim va qizimning telefon raqamini qoldiribman-da, — deya voqeani eslaydi M.J. – O‘shandan so‘ng, Z.A. qizimga telefon qilib, uning boshini aylantirib yurgan ekan. Qizimni yo‘ldan urgan. Aksiga olib 2019 yilning yanvar oyidan e’tiboran men ham ishga chiqolmadim. Davolanishda bo‘ldim.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha o‘g‘rilik bahonasida marhuma SH.R.ning telefon raqamini olgan IIB xodimi Z.A. SH.R. bilan yaqindan tanishib, doimiy telefonlashib turgan. Hatto tez-tez ko‘rishgan. O‘rtalarida iliq munosabat uyg‘ongan. Buni marhumaning telefonidagi SMS xabarnomalardan ham bilish mumkin.

M.J.ning hikoya qilishicha, 2019 yil 1 aprel kuni navbatdagi uchrashuvlarning birida SH.R. hamda Z.A.larni bino egasi SH.G. ikki qizi va kuyovi bilan salondan chiqarib olib, senlarni biz videoga oldik, internetga chiqaramiz deya qo‘rqitgan. Do‘q qilgan. SH.R.ni «Z.A. meni majburladi», deb tushuntirish xati yozib berasan deya majburlashgan. Tushutirish xati yozdirgan ham. Z.A.dan esa 10 million so‘m pul talab qilgan.

Ushbu voqea haqida mahalla profilaktika inspektori M.Q. shunday deydi: «1 aprel kuni SH.G. telefon qilib, tez yetib keling, bir tergovchini ushladik dedi. Borsam bir yigit 5–6 kishi turgan joyni telefoniga s’yomka qilayotgan ekan. Nima gap deb so‘radim. Shunda SH.G. «bular bu yerni xarom qilishdi», dedi. Nima qilibdi deb so‘radim. Voqeaning s’yomkasi bor, tilxatlari ham dedi. Shunda SH.R.dan so‘radim. Shu gap rostmi deb. SH.R. Z.A.ga keting deb aytganini, hatto bir tarsaki tushirsa-da Z.A. ketmaganini aytdi. Shunda hammani tarqatib, jamoatni tinchlantirib, aybdor Z.A.ni xonamga olib keldim».

«Daryo» muxbiriga taqdim etilgan SH.G. va marhumaning otasi Z.K. o‘rtasidagi suhbat yozib olingan audioyozuvdan anglashilishicha, SH.G. tergovchidan amakivachchasidagi 10 million so‘m pulini olib berishni so‘ragan. Tergovchi esa bir soatda olib berishini aytgan.

Mahalla profilaktika inspektori M.Q. SH.G. va uning yaqinlari Z.A.dan pul talab qilganini bilmasligini, ammo Z.A. tergovchi bo‘lgani bois SH.G. undan tanishidagi katta miqdordagi pulini olib berishini so‘raganidan xabari borligini aytdi.

Mahalla profilaktika inspektori M.Q.ning ma’lumot berishicha, u voqea haqida tuman IIBga xabar bergan va tergovchi Z.A.ga rahbariyatga bu haqda o‘zi ham aytishi kerakligini bildirgan. Z.A. esa bu haqda birinchi o‘rinbosarga xabar qilishini aytib, profilaktika inspektori xonasidan ketgan. SH.R.ning oilasi, ota-onasi esa bu voqeadan bexabar qolgan.

— Haqiqatdan ham ushbu voqea haqida SH.R.ning oilasiga xabar bermadim, aybim shu, — deydi M.Q.

Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari voqeadan xabar topgach, 3 aprel kuni mahallaga borib, voqea guvohlarini chaqirib ular bilan suhbatlashgan, SH.R. hamda Z.A.lar s’yomka qilingan videoni ham internetga chiqib ketmasligi uchun ulardan olib qo‘ygan.

Marhuma SH.R. yaqinlarining SH.G.ga tayanib aytishicha, IIB boshlig‘i o‘rinbosari voqea guvohlari bilan birga SH.R.ni ham chaqirgan. Ammo SH.R. «u yerga borgandan ko‘ra, o‘zimni o‘ldiraman», degan gapni aytgan. Mahalla profilaktika inspektori M.Q. ham o‘sha kuni SH.R. chaqirilganda, tergovchi Z.A. voqeaga aralashib, SH.R.ni chaqirmasliklarini so‘raganini aytmoqda. SH.R. chaqirilgan joyga bormagach, IIB boshlig‘i o‘rinbosari inspektorga SH.R.ni ertasi kuni tumanga olib borishini tayinlagan.

1 aprel kuni SH.R. hamda tuman IIB tergovchisi Z.A. o‘rtasida qanday voqea yuz bergani, s’yomka qilingan videoda ham nima borligi bizga qorong‘i. Ammo marhumaning telefonidan Z.A.ga yozilgan SMS’lardan ma’lum bo‘lishicha, ro‘y bergan voqeadan so‘ng marhuma SH.R. Z.A.ga uni bu gap-so‘zlardan qutqarishi lozimligini aytib, olib ketishini so‘ragan. O‘sha kuni vaqtida ketishi kerakligini aytganda, gapiga quloq solmagani oqibatida yuzi shuvut bo‘lganini yozgan. Z.A. esa sabr qilishi kerakligini takrorlagan. SH.R.ning bir necha marotaba bu gap-so‘zlardan xalos etmasa, o‘zini o‘ldirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga javoban «18 yoshli qizning gapini gapirma» deya javob bergan. Marhuma tomonidan oxirgi ogohlantirish «sms»i 3 aprel kuni 10:23 da yuborilgan.

Mahalla profilaktika inspektori M.Q. SH.R. salon eshigiga osilgan holda kechki payt topilganini aytmoqda.

SH.R.ning otasi Z.K.ning taxminicha, qizi o‘ldirilgan bo‘lishi ham mumkin.

— Qizim osilgan holda topilganda, oyog‘i tagidagi stul ag‘anamagan ekan, — deydi Z.K. – Qolaversa u osilgan eshik 2 metr ham chiqmaydi. Qizimning bo‘yi meni bo‘yim bilan barobar edi.

Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida marhuma osilgan eshik bo‘yi 1 metr 98 santimetr ekanligi ma’lum bo‘ldi. Oyog‘i tagidagi stul esa 43 santimetr balandlikda ekanligi oydinlashdi. Sud tibbiy ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, marhumaning bo‘yi 1 metr 63 santimetr bo‘lgan. Sud ekspertiza xulosasida marhumaga nisbatan kuch ishlatilmagan degan xulosa berilgan.

Mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan advokat Rustam Sa’dullayevning fikricha, 1 aprel kuni sodir etilgan voqeadan so‘ng bino egasi SH.G. va uning yaqinlari SH.R.ning shaxsiy hayotiga aralashib, «seni biz videoga oldik», deya qo‘rqitib, uni o‘z yo‘rig‘iga solishga, o‘zlariga tobe qilishga harakat qilgan. Profilaktika inspektori M.Q. esa SH.R.ga «seni xulqi buzuq ayollar safiga kiritaman», deya bosim o‘tkazgan. Shuningdek, voqea haqida uydagilariga xabar bermasdan SH.R.dan voqea xususida tushuntirish xati yozib berishni talab qilgan.

— Mazkur voqea 2019 yil 3 aprel kuni sodir etilgan bo‘lsa-da, tuman prokuraturasi tomonidan 2 may kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, — deydi advokat Rustam Sa’dullayev. – 103-modda bilan jinoyat ishi ochilgani yaxshi, ammo bu jinoyat ishi holat yuzasidan ochilgan-da. Biror bir shaxsga nisbatan emas. Bunday holatda bu modda bilan hech kimni javobgarlikka tortmasdan ishni yopib yuborish ham mumkin. Odatda bu modda bilan holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgach, ish ikki oy muddat o‘tgach, yopilishi tayin. Biz prokuraturadan ushbu voqeaga dahldor kishilar IIB tergovchisi Z.A., profilaktika inspektori M.Q. hamda o‘zgalar hayotiga aralashgan SH.G. va yaqinlarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishini so‘ragandik.

Rustam Sa’dullayevga ko‘ra, joriy yil tumanda o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyati 3-marotaba kuzatilmoqda. Advokat tuman prokuraturasi respublikaga yuborayotgan hisobotlarida 103-modda ko‘payib ketmasligi uchun, mazkur ishni o‘z joniga qasd qilish deb baholab yopib yuborishidan cho‘chimoqda.

— Tergovchi Shohrux Najimovga 2 marotaba advokatlik so‘rovnomasi yubordim, — deydi Rustam Sa’dullayev. – Ammo har ikki so‘rovnomam ham javobsiz qoldi. Na rad etdi, na qanoatlantirdi. SH.G. va yaqinlari SH.R. va Z.A.ni videoga olgan bo‘lsa, o‘sha video bilan tanishishni ham so‘radim. Ammo advokatlik so‘rovlarim javobsiz qolmoqda.

Rustam Sa’dullayevning qo‘shimcha qilishicha, tuman prokuraturasi tomonidan 2 may kuni jinoyat ishi ochilsa-da, haligacha ishga aloqador hech kim tergov qilinmagan.

— Bu o‘z o‘zidan ishni bir tomonlama, g‘arazli maqsadda sudrab, tergov harakatlari uchun berilgan muddat tugagach, yopish maqsad qilinganidan darak beradi, — deydi advokat.

Mazkur ishni tergov qilayotgan tuman prokuraturasi tergovchisi Shohrux Najimov «Daryo» muxbiri bilan suhbatda advokatning gapini tamoman rad etib, tergov harakatlari davom etayotganini, mazkur ishga aloqador kishilar tergov qilinayotganini aytdi. Tergov siri oshkor qilinmasligini, shu boisdan ham bundan boshqa ma’lumot taqdim etolmasligini bildirdi.

Onaizor M.J. qizining vafotiga 2 oy muddat bo‘lgan bo‘lsa-da, tayinli natija chiqmayotganidan shikoyat qilyapti. Xalq qabulxonasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, viloyat va tuman hokimliklariga qilayotgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotgani va bu ish e’tibordan chetda qolib ketayotganidan kuyunmoqda.

— Bu ishga tuman IIB tergovchisi ham aralashgani uchun voqeani yopdi-yopdi qilishmoqchimikin deb o‘ylab qolaman, — deydi M.J.

Mazkur murojaat haqida xabar topganimizdan so‘ng, 27 may kuni Qashqadaryo viloyat IIB va viloyat prokuraturasiga murojaat qilib, ushbu voqea xususida surishtirdik. Aniqlangan holat haqida ma’lum qilishlarini so‘radik. Viloyat IIB holat haqida profilaktika inspektori orqali o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlarni taqdim etdi, albatta. Ammo viloyat prokuraturasi oradan shuncha fursat o‘tsa-da, ushbu voqea xususida hech qanday ma’lumot bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Eron va Ukrainani adashtirib yubordi – BBC

Оқ уй ҳозирча Трампнинг бу сўзлари бўйича қўшимча изоҳ бергани йўқ

Putin Trampga Ukrainadagi Maxsus harbiy amaliyot maqsadlari baribir amalga oshirilishini aytdi

Президентлар Эрон атрофидаги вазиятни ҳам муҳокама қилдилар. Путин АҚШнинг Эронга қарши қуруқликдаги амалиёт ўтказиш вариантини хавфли деб атади

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

AQShda Rossiyaning T-72 tanki dunyodagi eng yaxshi tanklardan biri deb topildi

Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.