Qashqadaryoda viloyat televideniyesi muharriri pora bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda viloyat televideniyesi muharriri pora bilan qo‘lga tushdi

 Qashqadaryo viloyat televideniyesi muharriri joriy yilning 28 oktyabr kuni Qarshi shahrida 3 mln 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Bu haqida Turon24ga Qarshi shahar prokuraturasi ma’lum qilmoqda.

Prokuraturaning xabariga ko‘ra, ismining faqat bosh harflari oshkor qilingan shaxs Kasbi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaroning maktab direktori bo‘lishiga yordam berishini aytgan. Xizmati evaziga esa 3,5 mln so‘m pul talab qilgan.

Jurnalist Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va Qarshi shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida talab qilingan pulni olayotgan paytida qo‘lga olingan.

Ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!