Qarshi shahrida noqonuniy valyuta savdosining oldi olindi

Qarshi shahrida noqonuniy valyuta savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Qarshi shahar buyum bozori” oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro X.D. fuqaro A.ga 5 300 AQSh dollarini 58,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida jami 5 800 AQSh dollari va 4050 rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!