Qadr kechasi va undagi alomatlar

A A A
Qadr kechasi va undagi alomatlar

Ramazoni sharif Payg‘ambarlar orzu qilgan oydir. Chunki bu oyda qilingan ibodatlarning fazli, darajasi juda ulug‘dir. Bu oy Qur’on oyi, xayru saxovot va mehru muruvvat oyi hamdir. Yana bu oyda muborak bir kecha bo‘lib, u ming oydan ko‘ra yaxshiroqdir. Ya’ni kim o‘sha kechani ibodat bilan o‘tkazadigan bo‘lsa, boshqa paytda ming oy ibodat qilgandan ko‘ra ko‘proq savobga erishadi. Biroq u qaysi kechada bo‘lishi aniq aytilmagan. Ulamolar hadislarga suyangan holda Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining toq kechalaridan birida bo‘lishiga ittifoq bo‘lishgan va u kechada bo‘ladigan ba’zi alomatlarni bayon etishgan:

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Ramazon oyi kelganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh sizlarga bu oyda ro‘za tutishni farz qildi. Bu oyda jannat eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi. Unda ming oydan yaxshi bir kecha bor. Kim undagi yaxshiliklardan mahrum bo‘lsa, mahrum qilinadi”, dedilar (Imom Nasaiy rivoyati).

Uboda ibn Somit roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qadr kechasi Ramazonning oxirgi o‘n kunligidadir. Kim unda iymon bilan Alloh roziligi uchun ibodat qilsa, albatta, Alloh avvalgiyu keyingi gunohlarini kechiradi. U toq raqamli kechada bo‘ladi. To‘qqizinchi yoki yettinchi yoki beshinchi yoki uchinchi yoki oxirgi kecha qadr kechasidir”, dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).

Aksar ulamolarning fikriga ko‘ra, Qadr kechasi har Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasidir. Zirr roziyallohu anhu Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhuga: «Birodaringiz Abdulloh ibn Mas’ud: “Kim bir yil tunlari qoim bo‘lsa, Qadr kechasini topadi”, deb aytganlar», deganida, Ubay ibn Ka’b: “Alloh Abu Abdurahmon (ya’ni, Ibn Mas’ud)ni mag‘firat qilsin, haqiqatda u Qadr kechasi Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ekanini bilar edi. Bu kecha yigirma yettinchi kechadir, lekin odamlar u narsaga suyanib qolmasligini xohlab aytmasdi, — dedi. So‘ngra qat’iy qasam ichib: — Yigirma yettinchi kechada”, dedi. Shunda men: “Ey Abu Munzir, nima dalil bilan bunday deysan?” dedim. U Zot: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga aytgan belgi bilan: u kun quyosh shu’lasiz chiqadi”, deb javob berdilar (Imom Muslim va Terimiziy rivoyati).

Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Nabiy sollallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalari Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida bo‘lishini tushlarida ko‘rishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning tushlaringiz Laylatul qadr Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida ekaniga muvofiq keladi, deb o‘ylayman. Kimki Laylatul qadrni kutmoqchi bo‘lsa, Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida kutsin!", dedilar" (Imom Buxoriy rivoyati).

Aslida, Qadr kechasini qachon bo‘lishini Alloh taolodan o‘zga hech kim bilmaydi. Faqat taxmin qilinadi, xolos. Shu boisdan faqihlar tomonidan uning qachon bo‘lishi haqida qirqdan ziyod qavllar, taxminlar aytilgan. Jumladan, Hofiz ibn Hajar Asqaloniyning “Fathul boriy”, Muhammad Abdulg‘afurning “Al-Is’of” asarida ham zikr etilgan.

Qadr kechasining alomatlari haqida sahih hadisi shariflar vorid bo‘lgan. Ularda aytilishicha, Qadr kechasida sukunat hukm suradi, yulduzlar uchmaydi, havo mo‘’tadillashadi: issiq ham, sovuq ham bo‘lmaydi. Ertalab quyosh qizarib, tog‘araga o‘xshash bo‘lib,  yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradi. Sababi o‘sha tun va kunda farishtalar ko‘plab tushib-chiqib turishi oqibatida quyosh nurlarini ham to‘sib qo‘yadi. Qadr kechasida yomg‘ir yog‘maydi, yog‘sa ham o‘ta mayin va yoqimli bo‘ladi.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Qadr kechasini tavsiflab, bunday dedilar:

“Bu kecha muruvvatli, (yaxshi, saxovatli), bo‘shashgan, (ozod, sokin), issiq ham emas, sovuq ham emasdir. Uning quyoshi o‘sha tongda qip-qizil zaif bo‘lib chiqadi” (Imom Abu Dovud va Bazzor rivoyati).

Sahobalarning ulug‘ qorilaridan biri Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu Qadr kechasini yigirma yettinchi kechada bo‘lishini aytar va der ekanlar:

“U bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar bergan kecha bo‘lib, quyosh o‘shanda oppoq bo‘lib, miltillab, yaltillab chiqadi” (Imom Muslim, Ahmad, Abu Dovud, Bayhaqiy va Ibn Abi Shayba rivoyatlari).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar:

انّ أمارة ليلة القدر انها صافية بلجة كانّ فيها قمرا ساطعا ساكنة ساجية لا برد فيها ولا حرّ ولا يحلّ لكواكب ان يرمى به فيها حتى تصبح. وانّ أمارتها انّ الشمس صبيحتها تخرج مستوية ليس لها شعاع مثل القمر ليلة البدر ولا يحلّ للشيطان ان يخرج معها يومئذٍ

“Albatta Qadr kechasining alomatlari shuki, u musaffo, yop-yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi. U kechada (o‘ta) sovuq ham, (juda) issiq ham bo‘lmaydi. O‘sha kechada tonggacha yulduzlar otilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yana uning alomatlaridan biri quyosh ertalab o‘n to‘rt kechalik oyga o‘xshab, nursiz charaqlamasdan chiqadi. O‘sha kuni shaytonlar chiqishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi” (Imom Ahmad rivoyati).

Ibn Abu Osim Nabil Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men Qadr kechasini bildim. So‘ng u menga unuttirildi. U Ramazon oyining oxirgi o‘n kunidagi kechalardan biridadir. U kecha ochiq yarqiragan bo‘lib, issiq ham, sovuq ham emas, go‘yo oy borga o‘xshaydi. U kecha tong otgunigacha shaytonlar chiqmaydi”, dedilar».

Qadr kechasining Ramazon oyiga yashirilishining hikmati o‘lim vaqtini va qiyomatni yashirish hikmati kabidir. Shuning uchun Qadr kechasi mo‘minlar toat etishga rag‘bat va harakatni kuchaytirishi, g‘ofil va dangasa bo‘lmasligi lozim. Abul Oliya roziyallohu anhu  rivoyat qiladi: “Bir a’robiy kimsa Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Laylatul Qadr qachon bo‘ladi?" deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga bunday dedilar: "Laylatul Qadrni Ramazonning ilk va eng so‘nggi hamda toq kechalaridan izlanglar!" (Imom Abu Dovud rivoyati). 

Parvardigori olam o‘zi xohlagan bandasiga Qadr kechasini bildiradi. Qadr kechasini aniq bilib tong otguncha ibodat qilib chiqish afzaldir. Buni bilib, sezib qolish bir fazilat bo‘lgani uchun alloma Ibn Hajar Asqaloniy uni bilgan taqdirda ham hech kimga gapirmagan ma’qul, deganlar.

Imom Tabariy va Imom Bayhaqiy rivoyatlarida yana mazkur muborak kechada kasalliklar paydo bo‘lmasligi, sho‘r suvlar chuchuk bo‘lishi, daraxtlar o‘z shoxlarini yerga egiltirib turishi kabilar ham zikr etiladi.

Agar Laylatul Qadr borasidagi barcha qavllarni to‘plansa, qirqdan ortiq fikrlar majmuasi hosil bo‘ladi. Ammo biz bu o‘rinda eng ishonchli hadislarda vorid bo‘lganlarinigina keltirdik.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.