Qabul-2019. Abituriyentlar nimadan norozi?

Qabul-2019.  Abituriyentlar nimadan norozi?

Yozning ayni jazirama kunlari davom etishiga qaramay, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari u yerda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarlar bilan to‘lib-toshgan. Yaqindagina tashkil etilgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universitetining Shahrisabz filialida ham shunday vaziyat.

 

To‘g‘risi, bu yerdagi holatni ko‘rib yoqamizni ushladik. Oliygoh binosiga yaqinlashar ekanmiz, berkitilgan darvoza oldida nimadandir qattiq alamzada bo‘lgan bir gala olomonga ko‘zimiz tushdi. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida ulardan birini sekin suhbatga tortdik:

-Biz Yakkabog‘ tumanidan keldik. Qizim shu yil maktabni a’lo baholarga tamomlab, oliy o‘quv yurtiga o‘qish istagi borligini aytdi. Shu sababdan, bizga yaqinroq bo‘lar deb, Shahrisabzdagi yangi ochilgan Universitetga kelgan edim. Navbat ko‘pligini eshitgandim va boshqalar singari ataylab soat tonggi 3-4 larda yetib keldim. Buni qarangki, soat 2 bo‘lyapti, haliyam hujjat topshira olmadik.

Biz oliygoh hududiga kirib, mas’ul xodimlar bilan ushbu masalaga oydinlik kiritmoqchi bo‘ldik. Ammo… Ammo biz bino darvozasiga yaqin ham bora olmadik. Qabuldagi xodimlar bilan bo‘lgan telefon orqali muloqotimiz ham hech qanday samara bermadi.
Birgina hujjat topshirish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymagan oliygohdan ertaga qanday qilib sifatli ta’lim tizimini kutish mumkin?!

Qahramon Hamro

Manba: nnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!