- Senday farzandga la’nat bo‘lsin. O‘g‘il o‘stirib, rohatingni ko‘rmadim, boshimga g‘amu tashvishdan boshqasini solmading. Umrbo‘yi yuzimni yerga qaratishdan ortmading!-keksa ota hayotining salkam 10 yilini ketma-ket turmalarda o‘tab chiqqan 36 yoshli o‘g‘lini qattiq so‘kdi. Notavon o‘g‘il shundoq qarshisida titrab, ko‘z yosh to‘kib turgan otaning so‘zlarini nazarga ham olmadi.
- Sen gapir, onasi!
- Bukrini go‘r tuzatadi, otasi, go‘r. Ko‘rim bo‘ldi bu farzand bizga, ko‘rim..,-unsiz yig‘ladi ona.
2015 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining turli moddalari bilan aybdor, deb topilib, umrini faqat panjara ortida o‘tkazib kelayotgan Avazxon Qobilov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) darvozani «qars» qilib, ota-onasining yuziga yopib ketdi.
2024 yilning oktyabr oyida o‘z xatti-harakati uchun 3 yildan ko‘p qamoq jazosini o‘tab qaytgan Avazxon Qobilov Qorako‘l tumani IIB probasiya guruhiga ro‘yxatga olinib, «Onda Hasan Servis» jamiyatida qurilish tashkilotiga ishchi bo‘lib joylashgan. Shunga qaramasdan, tuzalish yo‘liga o‘tmagan, har kun ishga spirtli ichimliklar ichib kelishdan to‘xtamagan.
Kunlarning birida u hech kimdan so‘roqsiz ishga bormagan va Buxoro shahriga borgan. Shahardagi kafelardan biriga kirgan. Xuddi shu yerda yolg‘iz o‘zi spirtli ichimlik iste’mol qilib turgan yoshi o‘zidan kamida 10-15 yosh katta Robiya Hasanova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) ismli ayol bilan tanishgan. Kechgacha spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. Ayol Qorovulbozor tumanida yashash uchun uyi borligini bildirib, Avazxon Qobilovni ham o‘z uyiga olib ketgan. Bir necha kun birga yashashgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Qorovulbozor tumanida kechki payt qaytishgan oshiq-ma’shuqlar soat taxminan 20:00 larda Qorako‘l tumaniga kelishgan. Taksiga pullari yetmagani bois, manzilgacha mashinada bormay, tumandagi «Zarafshon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Qobil ota» qabristoni oldida tushib qolishgan. Qabriston oralab o‘tib ketayotib, erkak va ayol pul ustida tortishib qolishgan. Tortishuv janjalga, janjal mushtlashuvga aylangan. Musht zarbidan ayol depsinib yiqilib ketgan. Ayol yordam so‘rab, harchand baqirib-chaqirmasin, kun sovug‘ida uni hech kim eshitmagan. Erkak qarshilik ko‘rsatishga ojiz qolgan ayolni erkak bo‘g‘a boshlagan...
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Avazxon Qobilov o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirgan ayolni yalong‘ochlab, ko‘mib tashlashga ham uringan. Biroq, tungi vahm va qo‘rquv ustunlik qilib, murdani yarim yalong‘och holatda qabristonga qoldirib, o‘z uyiga kelgan. Va bir ayolni qabristonda o‘ldirib qo‘ygani xabarini ota-onasi va singlisiga bildirgan.
«Aybdorning yuzida, o‘zini tutishida na qilgan ishidan pushaymonlik, na achinish hissi bor. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 34-moddasiga (Residiv jinoyat) asosan, o‘ta xavfli residivist, deb topildi va 97-moddasiga (Qasddan odam o‘ldirish) ko‘ra, unga nisbatan salkam 12 yil qamoq jazosi tayinlandi»,-dedi Boborahim Ochilov.
Sud hukmiga ko‘ra, qotilning tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жей Ди Вэнс Fox News телеканалига берган интервюсида журналистнинг Трамп ва Путин ўртасида Аляскада бўлиб ўтадиган музокаралар ҳақидаги саволларига жавоб берди.
Жума куни кечқурундан бошлаб оммавий ахборот воситаларида 15 август куни Аляскада АҚШ президенти Дональд Трамп ва Владимир Путин муҳокама қилмоқчи бўлган «тинчлик режаси» ҳақидаги тафсилотлар тарқала бошлади.
Bild нашри Украина ва Германия ҳукумат манбаларига таяниб хабар беришича, АҚШ президентининг махсус вакили Стивен Уиткофф Москвадаги музокаралар чоғида Россия президенти Владимир Путиннинг таклифини нотўғри англаган бўлиши мумкин.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.