Putin “Tolibon”ni terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchi deb atadi

Putin “Tolibon”ni terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchi deb atadi

Afg‘onistonda hokimiyatni nazorat qiluvchi “Tolibon” harakati terrorizmga qarshi kurashda Rossiya uchun ittifoqchi hisoblanadi. Bu haqda “TASS”ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Umuman olganda, “Tolibon” harakati mamlakatdagi hokimiyatni nazorat qilayotganidan xulosa qilishimiz kerak va, shu ma’noda, terrorizmga qarshi kurashda “Tolibon” biz uchun ittifoqchidir, — dedi Putin.

U Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatilishidan “Tolibon” harakati ham manfaatdor ekanini aytdi.

“Tolibon” harakatidan ular biz bilan terrorizmga qarshi kurashish yo‘lida ishlashga tayyor ekanliklari bo‘yicha bir necha bor signal oldik”, — dedi Rossiya prezidenti.

2003 yilda “Tolibon” BMT va Rossiya tomonidan terrorchi tashkilot deb topilgan. 2021 yil may oyida harakat Afg‘oniston hukumatiga qarshi faol hujum operasiyasini boshladi. Iyul oyida “Tolibon” mamlakatning 85 foizi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Shu kuni prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi.

2024 yil may oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi Putinga “Tolibon” harakati taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!