Putin Rossiyaning yadroviy urushga tayyorligini aytdi

Putin Rossiyaning yadroviy urushga tayyorligini aytdi

Texnik nuqtai nazardan Rossiya yadroviy urushga tayyor, lekin urush boshlash niyatida emas, dedi Putin. Uning aniqlik kiritishicha, u Ukrainadagi mojaro paytida hech qachon yadro qurolidan, jumladan, taktik qurollardan foydalanish haqida o‘ylamagan.

Harbiy-texnik nuqtai nazardan, Rossiya yadro urushiga tayyor, dedi prezident Vladimir Putin teleboshlovchi Dmitriy Kiselevga bergan intervyusida.

«Harbiy-texnik nuqtai nazardan, biz, albatta, tayyormiz. Bizda ular [yadroviy raketalar] doimo jangovar shay holatda», — dedi Putin Rossiya haqiqatan ham yadro urushiga tayyormi, degan savolga javob berar ekan.

Taktik yadro qurollar haqida gapirar ekan, prezident Ukrainadagi urush vaqtida bunday qurollardan foydalanishga hech qachon ehtiyoj bo‘lmaganini ta’kidladi. Bu uning xayoliga hech qachon bunday fikr kelmaganligini anglatadimi, degan savolga Putin: «Yo‘q, lekin nima uchun?», deya javob berdi.

Putin, shuningdek, bugungi kunda AQSh ham yadroviy kuchlarini rivojlantirayotganini, biroq bu ularning urush boshlashga tayyorligini anglatmasligini eslatdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh yadroviy sinovlar o‘tkazsa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!