Putin ham qizini rahbar qilib tayinlaydimi?

Putin ham qizini rahbar qilib tayinlaydimi?

Le Figaro nashrining yozishicha, eski sovet kadri Nazarboyev prezidentlik saylovidan bir yil oldin voz kechib, Markaziy Osiyo sarhadlaridan chetroqqa, Kremlgacha o‘ziga xos signal berdi. 2024 yilda Putin ham o‘z vakolatlarini tugatishi kerak. U Nazarboyevdan o‘rnak oladimi?

Nazarboyev byudjetdagi qiyinchiliklardan qochib, o‘ziga faqat strategik ahamiyatga ega bo‘lgan vakolatlarnigina qoldirdi va o‘z qizi 55 yoshli Darig‘a Nazarboyevani senat rahbari qilib tayinladi.

Kremlshunoslarning fikricha, Putin bunday qilmaydi, chunki Rossiya prezidenti, ozroq bo‘lsa-da, shaxsga sig‘inish tarafdori va ikki qizini jamoatchilik nazaridan panada tutib kelmoqda.

Kreml rahbari yangicha va kutilmagan qarorlar qabul qilishni xush ko‘radi , deydi mustaqil ekspert Arkadiy Dubnov. Lekin yorug‘ sulton Nazarboyevning bayonotidan so‘ng Kreml rahbarining bunday qarorga kelish istagi imkoniyati ancha qisqardi. Mish-mishlarga ko‘ra, janob Putin korporativ rahbar sifatida Rossiya va Belarus ittifoq davlatini boshqarmoqchi. 24 yildan beri hokimiyatda qolayotgan Aleksandr Lukashenko esa ikkinchi o‘rinda qolishni istamaydi. Lukashenko og‘li hali ancha yosh paytidanoq uni siyosiy maydonga olib chiqa boshlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!