Pul, telefon va eshik tutqichlari- bular eng ko‘p bakteriya to‘planadigan narsalardir!

Pul, telefon va eshik tutqichlari- bular eng ko‘p bakteriya to‘planadigan narsalardir!

Qo‘llarni nega tez-tez yuvish kerak?

🖇 Pandemiya davrida qo‘llarni muntazam tarzda sovunlab yuvish kun tartibiga chiqqan edi. Ammo hozirchi, gigiyenaning bu oddiy qoidasi ko‘pchilik tomonidan unutilmadimikan?! Qo‘llarni doim yuvish turli kasalliklar profilaktikasida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bu mavzuga yana bir bor qaytib, unga doir qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz.

🌐 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, qo‘llarni yuvmaslik muammosi global miqyosda ko‘rib chiqilsa, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. JSST ekspertlarining fikricha, “ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan foydalangandan keyin qo‘l yuvish” kabi oddiy qoidaga rioya qilish orqali ko‘plab kasallikning oldini olish mumkin.

👏🏻 Eng ko‘p bakteriyalar qo‘l kaftida yashaydi. Inson tanasidagi ko‘p bakteriyalar soch va qo‘llarda to‘plangan. Bakteriyalarning aksariyati tirnoqlar ostida, kaftlarning yon tomonlarida va terining burmalarida bo‘ladi.

🦠 Toza qo‘l terisi yuzasida mikroblar 10 daqiqa ichida o‘ladi. Agar qo‘llar iflos bo‘lsa, 95% hollarda mikroblar omon qoladi va faol ravishda ko‘payishi mumkin.

👐🏻 Olimlar chap va o‘ng qo‘llarda mutlaqo boshqa-boshqa mikroblar yashashini aniqlagan.

👩🏻‍💼 Ofis xodimining qo‘llari o‘rtacha 10 million turdagi bakteriyalar bilan aloqa qiladi.

📱 Yuzasida eng ko‘p bakteriya to‘planadigan narsalar — pul, telefon va eshik tutqichlaridir. Chunki ular doimiy muomalada bo‘lib, bir kunda bir nechta qo‘l bilan ushlanishi mumkin. Shunga qaramay, katta yoshli aholining atigi 27 foizi pul ushlaganidan keyin qo‘llarini yuvar ekan.

🧑🏻‍💻 Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan ko‘plab mikroorganizmlar kompyuterlar va noutbuklarning klaviaturalarida, shuningdek shahar aholisining aksariyati deyarli bir daqiqaga ham ajralmaydigan mobil telefonlarida yashaydi. Masalan, mobil telefon yuzasida mikrob va bakteriyalar hojatxonadagiga qaraganda 10 baravar ko‘proq bo‘larkan.

🚿 Qo‘lni kamida 20 soniya davomida va iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Juda issiq suvda yuvish qo‘l gigiyenasi samaradorligini oshirmaydi. Aksincha, issiq suv zararli bo‘lib, qo‘lning nozik terisini quritadi va yallig‘lantirishi mumkin.

🧼 Afsuski, tez-tez qo‘l yuvish foydali mikroorganizmlarni ham o‘ldiradi. Qo‘llarimizda nafaqat kasallik uyg‘otuvchi, balki organizmimizni himoya qiladigan foydali bakteriyalar ham yashaydi. Qo‘llarni haddan tashqari ko‘p yuvish ularning ham nobud bo‘lishiga olib keladi.

🧽 Bundan tashqari, yuvish vositalaridan ko‘p foydalanish tufayli teri yorilishi va bu yoriqlar infeksiyalar uchun o‘ziga xos “kirish eshigi”ga aylanishi mumkin. Biroq, bu qo‘llarni kuniga bir-ikki marta yuvish kerak degani emas, ularni har safar ifloslanganidan keyin tozalash kerak. (https://telegra.ph/file/9f3e122907e15ff47463f.png)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!