G‘azalkentda Jetour suv taqsimlash inshootiga ag‘darilib ketdi

G‘azalkentda Jetour suv taqsimlash inshootiga ag‘darilib ketdi

FVV qutqaruvchilari tomonidan suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Kecha, 4 sentyabr kuni soat 16:00 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «G‘azalkent-Chirchiq» yo‘lida harakatlanib ketayotgan Jetour haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Oqtosh ko‘prigidan G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suv taqsimlash inshootidan olib chiqdi. Avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

FVV axborot xizmatiga ko‘ra, mashina suvga tushganida haydovchi chiqib ketishga ulgurgan va tan jarohati olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!