Samarqandda fuqaro ko‘p qavatli uyning pentxaus qismiga basseyn qurib oldi

Samarqandda fuqaro ko‘p qavatli uyning pentxaus qismiga basseyn qurib oldi

Samarqandda ko‘p qavatli uylarning tom qismiga basseyn qurib olingani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi izoh berdi.

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahri "Sug‘diyona" mahallasidagi 67-A sonli ko‘p qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan "basseyn" qurilganligi aniqlandi.

"Ushbu qurilma ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo‘lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, uyning mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Berilgan vaqt ichida mulkdor holatni o‘z ixtiyori bilan bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa, unga nisbatan tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga davo arizasi kiritilishi tushuntirildi.

Samarqandda fuqaro ko‘p qavatli uyning pentxaus qismiga basseyn qurib oldi

Samarqandda fuqaro ko‘p qavatli uyning pentxaus qismiga basseyn qurib oldi

Samarqandda fuqaro ko‘p qavatli uyning pentxaus qismiga basseyn qurib oldi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!