Navoiy shahridagi oziq-ovqat do‘konida alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi

Navoiy shahridagi oziq-ovqat do‘konida alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “A.T.” MCHJ mas’ul shaxslari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun ruxsatnoma olmasdan MCHJga qarashli oziq-ovqat do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik 649 dona alkogol hamda 1 249 quti tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!