AQSh delegasiyasi Zelenskiy bilan Bayden iste’foga chiqmaguncha yordam ko‘rsatishni muhokama qildi

AQSh delegasiyasi Zelenskiy bilan Bayden iste’foga chiqmaguncha yordam ko‘rsatishni muhokama qildi

Kiyevdagi muzokaralarda AQShning Ukrainaga prezident Jo Baydenning vakolat muddati tugaguniga qadar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yordam muhokama qilindi . Bu haqda Reuters xabar bermoqda .

Muzokaralarda AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Jon Finer, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy , prezident ma’muriyati rahbari Andrey Yermak va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi. Muhokamalarda «Urush holati va kelajak strategiyasini muhokama qilish uchun Ukraina harbiylari bilan 90 daqiqalik uchrashuv ham bor edi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!