Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Kursk viloyatidagi bosib olingan hududlarni «cheksiz» ushlab turishni rejalashtirayotganini, chunki bu hududlar uning «g‘alaba rejasi»ning ajralmas qismi ekanligini aytdi.
Bu haqda Ukraina prezidenti NBC News telekanali bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, Kiyev Vladimir Putinni muzokara stoliga o‘tirishga urinish uchun avgust oyida bosib olingan Rossiya hududlarini noma’lum muddatga ushlab turishni rejalashtirmoqda. U buni rossiyalik harbiy xizmatchilarning qo‘lga olinishi bilan qiyosladi, bu esa Ukraina Qurolli kuchlari jangchilarini Ukrainaga qaytarish imkonini beradi. Xuddi shu tamoyil Kursk viloyatidagi hududlarga ham tegishli.
«Bizga ularning yerlari kerak emas. Biz u yerga o‘zimizning ukraincha turmush tarzimizni olib kelmoqchi emasmiz», — dedi u.
Shuningdek, u bu rejani AQSh kabi xalqaro hamkorlarga taqdim etishini aytdi. Biroq, u Ukraina Rossiyaning yana ham ko‘proq hududini egallab olishga harakat qilmoqchimi yoki yo‘qligini muhokama qilishdan bosh tortdi. «Men so‘zlamayman, kechirasiz, bu haqda gapira olmayman. Bu Kursk operasiyasining boshlanishiga o‘xshaydi. Hurmat bilan, bu haqda gapira olmayman, menimcha, muvaffaqiyat ajablanish effekti bilan bog‘liq», — dedi u. Zelenskiy, shuningdek, Bayden ma’muriyati operasiya haqida bilmaganini va u hatto Ukraina ichida ham sir saqlanishini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.
Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.
Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.
Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.
Буюк Британия бош вазири Кир Стармер Politico нашрига берган интервьюсида Эрон томонидан тўсиб қўйилган Ҳўрмуз бўғозини очиш осон бўлмаслигини маълум қилди.