Professor minbari: Yosh bolalarni urish va o‘smirlar orasidagi bezorilik o‘rtasidagi bog‘liqlik

Professor minbari: Yosh bolalarni urish va o‘smirlar orasidagi bezorilik o‘rtasidagi bog‘liqlik

“Bolalarni darsda urish mumkin bӯlgan mamlakatlarda o‘smirlar orasidagi urishish holatlari ko‘p kuzatiladi”, - deydi hamyurtimiz Janubiy Koreyaning Pusan Chet Tillar Universiteti professori Azamat Akbarov. Akbarov “bolalarni urish ulg‘aygandagi psixologik muammolar bilan bog‘liqligi”ga urg‘u berib o‘tdi.

O‘z farzandlaringizni urish ularning boshqalarga musht tushirish ehtimolining oshishiga olib keladimi? Dunyoning ko‘p mamlakatlarida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijasiga ko‘ra, farzandlarni shapaloqlab urish qonuniy bo‘lgan mamlakatlarda o‘smirlar orasida urushish sodir bo‘ladi. Bolalarni urishga qarshi tashviqot olib boruvchi faollar bu holat jismoniy jazoni taqiqlash uchun asos sifatida isbot bo‘lishini ta’kidlashadi. Biroq, bu fikrga tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraydigan mutaxassislarning fikricha, natijalar bolani urish va o‘smirlar janglari orasida qandaydir aloqa sabab bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi, ammo bu ular bir birini keltirib chiqadi degani emas, degan fikrdalar.

2017 yilning noyabr oyida The Daily Mail ro‘znomasi “yangi o‘tkazilgan tadqiqotlar quloq solmaydigan bolalarni urish tushkunlikka tushish (depressiya) holatiga va noqonuniy giyohvand moddalar qabul qilib ularga qaram bo‘lib qolish ehtimolini ko‘paytirishini tasdiqlovchi natijalar olinganligi” haqida xabar bergan. Bu yangilik AQShda o‘tkazilgan Kaliforniyalik 8000dan ziyod yoshi katta odamlarni qamrab olgan tadqiqotlar natijalaridan olingan. Umuman olganda, tadqiqotchilar bolaliklarida kaltak yegan odamlarda tushkunlikka tushish alomatlari bo‘lishi, me’yorida yoki juda ko‘p spirtli ichimliklar ichish va giyohvand modalar qabul qilish kuzatilganligini aytishlarini ko‘proq kuzatishgan. Tadqiqotchilar bolalikda kaltak yeyish xuddi jinsiy tomondan zo‘rlashga uchraganda yoki ota-onalar ajrashganda olinadigan ruhiy jarohat kabi uzoq muddatga salbiy ta’sir qiladi, degan xulosaga kelganlar.

Bir vaqtlar jismoniy jazo odatiy narsa edi, biroq bunday jazoni taqiqlagan mamlakatlar soni kun sayin oshib bormoqda, jumladan, Shvesiya, Germaniya va Yangi Zelandiyada, Buyuk Britaniyada, yaqin kelajakda Shotlandiyada jismoniy jazo noqonuniy ishlar toifasiga kiritiladi, shuningdek, Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiyada ham jismoniy jazoni taqiqlashga qaratilgan takliflar bor. Bolani urish bezorilikka sabab bo‘lishi haqidagi xavotir bilan bir qatorda, bu masalaga qarshi tashviqot qiluvchilar bolani urish ota-onalarning farzandlariga nisbatan zulm qilishlarining ehtimolini oshishiga ham olib keladi degan fikrda. Men Shvesiyaga muhojirat qilgan musulmon oilalar (jumladan O‘zbekistonliklar ham) farzandlarini urganlari ma’lum bo‘lganda, bola himoyasi xizmati tomonidan bolalar ota-onalaridan tortib olinganligi va hecham qaytarib berilmaganligi haqidagi holatlarni eshitganman. Farzanddan ajralib qolish achinarli, ammo voqelik shunaqa.

Afsuski, O‘zbekistonda yaqinda sodir bo‘lgan va jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan ikki erkakning bir yosh yigitni mashinasini noto‘g‘ri joylashtirgani uchun kaltaklashgani yoki ba’zi hokimlarning o‘z xodimlarini tepishi va urishi yoki maktab, bolalar bog‘chalari va mehribonlik uylari o‘qituvchi va tarbiyachilari o‘z talabalarini tahqirlashlari, yoki universitet o‘qituvchisi o‘z talabalarini yotoqxonada tepishi va urishi kabi holatlar bunday salbiy tajribani o‘zi bilan olib ketadigan yosh avlodga ruhiy jarohat yetkazadi. Bugungi kunda, jahon pedagoglari xavotirga solayotgan yana bitta narsa zo‘ravonlik va tahqirlashdir. Jismoniy zo‘ravonlik urish, tepish, chimchilash yoki boshqa yo‘llar bilan boshqalarga ozor berishdan iborat. Xalq Ta’limi Vazirligi tasarrufida maktablarimizda zo‘ravonlik haqida statistik ma’lumotlar bor-yo‘qligidan xabarim yo‘q. Bu judayam jiddiy muammo va baxtga qarshi, biror bola qattiq jabrlanmaganguncha jamoatchilik e’tiboriga havola etilmaydi va shundagina odamlar bu masala bilan shug‘ullanishni boshlashadi. Farzand tarbiyasi Alloh tomonidan ota-onalarga berilgan muhim burchlardan biri. Bu Alloh va uning Payg‘ambari (sallallohu alayhi vassallam) ning quyida keltirilgan so‘zlaridan yaxshi tushuniladi.

“ Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlang. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.” [Tahrim surasi, 66:6]

Dastlab, biz uchun Islomda urish yoki shapaloq tushirishning qaysi ko‘rinishi harom ekanligini tushunib olish muhim:

  • Farzandlarni ularga zarar keltiradigan yoki jarohat oladigan darajada urish ta’qiqlangan. Urish yoki shapaloq tushirish jarohat keltirib chiqarmasligi lozim va yuzga va tananing nozik joylariga qaratilmagan bo‘lishi lozim; balki yelka, oyoqlar yoki qo‘llarga urilsa, bolaning o‘limiga olib kelmaydi. Payg‘ambarimiz ta’kidlaganliklariday, yuzga urish ham ta’qiqlanadi.
  • Inson bolani tartibga chaqirish uchun emas, balki shunchaki o‘z xohishi bilan jahli chiqqanda jazolash uchun sababsiz urish ta’qiqlanadi.

Shapaloq urish, ayniqsa, qaysarlik qilganda va quloq solmaganda tarbiya berish usulidir. Payg‘ambarimiz (salllalohu alayhi vassallam) ota-onalarga fazandlarni noo‘rin, noto‘g‘ri ishlarni qilishdan qaytarishlarini masalahat berganlar. Quyida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan urish yoki shapaloq berishning umumlashtirilgan holatlari kelitiriladi:

1) Barcha usullar qo‘llanib bo‘lingandan keyin so‘ngi chora sifatida qo‘llanilishi lozim.

2) Ba’zi-ba’zida qo‘llanilishi kerak xolos, chunki bunga juda tez tez zaruriyat tug‘ilmaydi. Aksar hollarda, qat’iy og‘zaki ogohlantirishning o‘zi kifoya qiladi.

3) Bu chora alohida joyda qilinishi, hammaning nazaridda amalga oshirilmasligi kerak, chunki do‘stlari va boshqalar oldida bolaning shaxsiyatini va g‘ururini himoya qilish lozim.

4) Bu chora bolani tartibga chaqirish uchun amalga oshirilishi lozim.

5) Bu chora yurakda bolaga nisbatan to‘la shafqat hissi bilan amalga oshirilishi lozim va nafratga o‘rin bo‘lmasligi kerak.

Kanadalik professorlardan biri jismoniy jazo va o‘smirlarning xulqi orasida aloqa bor-yo‘qligi haqida tadqiqot olib borgan. Uning jamoasi 88 mamlakatda muntazam olib borilgan ikki xil so‘roqlar natijalarini o‘rganishgan, va ushbu kuzatuvlarda beriladigan savollarning biri bola muayyan vaqt davomida necha marta jang/urush qilganligi haqida savol ham bo‘lgan.

Shapaloq urishni butunlay ta’qiqlash

Mamlakatlar uch turda sinflarga bo‘lingan: urish taqiqlanmagan, urish butunlay ta’qiqlangan, yoki urish qisman ta’qiqlangan, ya’ni maktablarda urib/shapaloq tushirib jazolash ta’qiqlangan, ammo ota-onalar uchun bu taqiqlanmagan. Bunday holat hozir Buyuk Britaniyada amal qiladi.

O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, urish to‘la taqiqlangan joylarda hamma joyda urish imkon berilgan mamlakatlardagiga qaraganda, o‘n uch yoshli o‘smirlar kamroq urushib/mushtlashib qolishar ekan, va odatda urushadigan o‘g‘il bolalar orasida bu ko‘rsatkich tegishli ravishda 8,5 va 12 foizni tashkil qilgan.

Bundan ta’qiqlash bolalarni, nafaqat, ota-onalaridan, balki ularning tengqurlaridan ham himoyada saqlashi kelib chiqadi. Ammo, aytishim mumkinki, ikki holat bir biri bilan bog‘liqligi bir ikkinchisini keltirib chiqaradi, degan faraz kabi xatoga olib keladi. Ikkinchisi birinchisini keltirib chiqarishi mumkin – masalan, o‘smirliklarida ko‘plab mushtlashib yurganlar ulg‘ayganda ota-ona bo‘lib qat’iy tartibga soluvchilarga aylanishlari mumkin, demak, bolalarni urishga qarshi qonunchilikka bo‘ysunmasliklari mumkin.

Zo‘ravonlik ko‘lamining kamayib borishi

Bundan tashqari, balki ikkala omilga ham – urib tartibga chaqirish va o‘smirlar orasidagi urushlarga – uchinchi omil, kengroq ijtimoiy munosabatlar ta’sir qilayotgandir. Garvard Universitetining mashhur olimi Stiven Pinker tomonidan ommaviylashtirilgan g‘oyaga ko‘ra, asrlardan buyon, jamiyatning ko‘plab jabhalarida zo‘ravonlik ko‘lami sekin-asta pasayib keldi. Urish bilan tarbiya berish va o‘smirlar orasidagi janglar ko‘lamining pasayishi biri ikkinchisini bevosita keltirib chiqarmasdan ushbu an’ananing ko‘rinishlaridir.

Agar kaltak yesa, farzandim bir kun kelib tajovuzkor bo‘lib qoladi, degan fikrga borib, farzandlarimizni ota-ona sifatida urmasligimiz mumkin. Biroq hodisalarning bir-biriga mos kelishidan biri ikkinchisini keltirib chiqarishi haqidagi fikrlarni nazarda tutishimiz lozim. So‘ngi tadqiqot natijalariniga qarshi yana bir ko‘rsatkich namoyon bo‘ladi. Ya’ni, Shvesiya kabi bolalarni urish butunlay ta’qiqlangan mamlakatlardagiga qaraganda, Angliya va AQSh kabi bunday muomala qisman ta’qiqlangan mamlakatlardagi o‘smirlar orasidagi urush/janglarning sodir bo‘lish tezligi orasidagi farq juda kam. O‘g‘il bolalar uchun, bu ko‘rstkich 8,5 foiz va 10 foizni tashkil qilgan, va bunday kichik farq statistik jihatdan tahlil qilish uchun yetarli emas. E’tirof etilgan isbotlarning boshqa turlari bolani urush ularni ko‘proq zo‘ravon qiladi degan fikrdir. Bolani urish yoki tarsaki tushirish yoki turtkilash ularning o‘z ijtimoiy aloqalarida tegishlicha javob berishlariga ta’sir qiladi.

Xulosa sifatida, Xalq Ta’limi vazirligiga ushbu muammolarni chuqurroq o‘rganish va bu masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qituvchilarning javobgarliklarini o‘rganish maqsadida zo‘ravonlik/urishning oldini olish o‘quv dasturini yoki muassasalarda olib boriladigan ishlarni tashkil qilishni tavsiya qilaman. Zo‘ravonlik/urish – tazyiq va bezorilikning shakllari bo‘lib, rivojlanish, ijtimoiy va ta’lim-tarbiya nuqtai nazaridan o‘rganishni taqozo etadi. Ijobiy tomonga o‘zgarish uchun ehtimoliy makon sifatida bunday zo‘ravonliklar sodir bo‘ladigan ta’lim muassasalarida buning oldini olish va aralashib yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatlarini o‘rganish va tushunish lozim. Chunki ko‘pchilik ma’murlar, o‘qituvchilar va ular bilan bog‘liq xodimlarda zo‘ravonlik/urushlar bilan qanday ishlash haqida ma’lumotga ega emaslar va uning ko‘lamini qisqartirish uchun qanaqa usullarni qo‘llashni bilishmaydi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!