Prezident topshiriqlari hududlarda qanday ijro etilmoqda?

Prezident topshiriqlari hududlarda qanday ijro etilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida soha mas’ullariga qator vazifalar, tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi hududlarda qanday ta’minlanmoqda? Viloyatda ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlar samarali yo‘lga qo‘yilganmi? Mazkur savollarga javob topish maqsadida Respublika ishchi guruhi 2-5 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi 16 ta tuman-shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, 28 ta maktab, 14 ta axborot-kutubxona markazi, 12 ta madaniyat markazi, 2 ta teatr, 11 ta istirohat bog‘i, 32 ta idora va korxonalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati tahlil qilindi.

Qashqadaryo viloyati hokimiyatida mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov va Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Murodjon Azimov, tuman ma’naviyat va ma’rifat kengashi raislari, sohaga mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov o‘rganish natijalari bo‘yicha tanqidiy-tahliliy fikrlarini bildirdi, mas’uliyatsizlikning oqibati ertamizga ta’sir qilishini aytib, o‘rganish natijalarida ko‘rsatilgan kamchiliklar avvalo, soha rivoji uchun muhimligi, muammolarni berkitish emas, uni hal qilish, yechim topish asosiy maqsad bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Ayrim tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarga jiddiy yondashilmagani, ijtimoiy-ma’naviy muhit tahlili yo‘qligi, ma’rifiy ishlarga yetarlicha e’tibor qaratilmagan, sohaga oid vazifalar ijrosi qo‘l uchidagina bajarilgani tanqid qilindi.

ta’kidlanishicha, aniq maqsadga qaratilgan o‘rganishlar esa olib borilmagan. Ijtimoiy-ma’naviy muhit tahlili mavjud emas.

Bir qator tuman hokimliklari tomonidan orttirilgan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun umuman mablag‘ ajratilmagan. Bu bilan ma’rifat masalasiga jiddiy qaralmagani, sohaga mas’ul ekani ham unutilgan go‘yo.

Sohaga bunday mas’uliyatsizlik bilan qaragan mas’ul rahbarlar ogohlantirilib, intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor o‘rganish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatish, muammolarni tahlil qilish, ijro mas’uliyatini oshirish, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan takliflar berishga qaratildi, deb xabar bermoqda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining axborot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!