Prezident: "Sotish vakolati hokimlarga berilgan davlat ob’ektlarini xususiylashtirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish lozim"

Prezident: "Sotish vakolati hokimlarga berilgan davlat ob’ektlarini xususiylashtirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish lozim"

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

🔹Yig‘ilishda tadbirkorlarga taklif etiladigan 479 ta korxonaning har biriga alohida yondashish, ularni soddalashtirilgan tartibda savdoga chiqarish kerakligi ta’kidlandi.

🔰 Masalan, Qarshi shahridagi “Texnik ta’mirlash-butlash” korxonasining 2 gektar yer maydoni va 6,5 ming kvadrat metrlik binolaridan foydalanilmayapti. Ayni paytda, bu yerda yuzlab tadbirkor o‘z biznesi uchun yer ajratish to‘g‘risida murojaat qilgan. Bunday misollarni har bir viloyatda ko‘plab topish mumkin.

💰 Shu bois, bo‘sh yer va inshootlarni xatlovdan o‘tkazib, korxonalar ehtiyojidan ortig‘ini auksionga chiqarish zarurligi aytildi. Avval qabul qilingan qarorlar doirasidagi hamda sotish vakolati viloyat hokimlariga berilgan davlat ob’ektlarini xususiylashtirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

🏬 62 ta yirik korxonani oldin investisiyaviy jozibadorligini oshirib, keyin xususiylashtirish muhimligi ta’kidlandi.

📉 Misol uchun, “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” korxonasining yillik tushumi 85 milliard so‘m bo‘lsa-da, sof foydasi katta emas.

Yoki, “Xorazmsuvqurilish” korxonasi so‘nggi 2 yilda foyda olmagan. Vaholanki, Yangiariq tumanida ushbu korxonaga tegishli 1 gektardan ziyod yer maydoni va 3 ming kvadrat metrdan ortiq daromad keltirmaydigan binolari mavjud.

🔎 Mutasaddilarga bu kabi korxonalarni xususiylashtirishdan avval “diagnostika” qilish, auditdan o‘tkazish va hisob-kitobini to‘g‘rilash bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!