Prezident qarorini mensimagan aviakompaniya mehnat muhojirlariga imtiyozli bilet sotish o‘rniga yanada qimmatlashtirdi

A A A
Prezident qarorini mensimagan aviakompaniya mehnat muhojirlariga imtiyozli bilet sotish o‘rniga yanada qimmatlashtirdi

2018 yilning 18 yanvarida Qozog‘iston cho‘llarida avtobus ichida yonib ketgan 52 nafar o‘zbek farzandlari hammamizning yodimizda.

Shu voqea sabab yana bir bor, nafaqat, mamlakat ichida, balki boshqa davlatlar bilan ham transport aloqalarimiz naqadar abgor holatda ekanligi o‘rtaga chiqdi.

Buning asosiy sababi O‘zbekistonning ichki va tashqi transport harakatlari 2 katta monopol tashkilotlar - «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan o‘zaro bo‘lib olinganligidadir.

Buni O‘zbekiston Prezidenti ham bir necha marta e’tirof etdi.

2018 yilning 5 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi. Qaror matni faqat rus tilida berilgan, o‘zbekcha qaror ham bor; faqat kirill alifbosida berilgan qarorda faqatgina ilova, lotin alifbosida berilgan qarorda esa «Hujjat matni rus tilida berilgan» degan ma’lumot bor xolos. Hujjatlarni tayyorlovchi davlat organlariga alohida salom. Qisqacha mazmuni chetga ishlagani chiqib ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga avia yoki temir yo‘l chiptalarini sotib olishda “Aloqabank” vositachiligida 20 foizlik chegirma va 300.000 so‘m miqdorida moddiy yordam berishdan iborat.

Bu, albatta, chetga, asosan, Rossiyaga borib ishlovchilar uchun quvonarli qaror sifatida qabul qilindi.

Lekin...

Lekin aslida ham XALQ bu qarordan keyin chetga chiqishda qulayliklarga, chegirmaga, imtiyozga ega bo‘lmoqdami?

Yo‘q!!!

Sababini quyida batafsil tushuntirishga harakat qilaman.

Shu kunlarda bir tanishim (yoshi 21 da, Rossiyada 2 yil ishlab qaytganiga 1 hafta bo‘lmay, qayta ketish harakatida) bilet masalasida maslahat so‘ragandi, yuqoridagi qaror yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligiga uchrashni maslahat berdim, shunday qilsa, bilet narxidan biroz chegirma olishi mumkinligini aytdim.

Oradan bir kun o‘tib, tanishim mehnat bo‘limidan chegirma bilan olgandan ko‘ra, ko‘chadan naqdga arzonroq ekanligini aytganda ishonmadim, mustaqil tekshirib ko‘rishga qaror qildim.

Tekshirish uchun Toshkentdan Moskvaga, 20 oktyabr, yakshanba kuni uchun aviabilet narxlarini tanlab oldim.

Avvalo ishni yashash joyimga yaqin bo‘lgan Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida joylashgan aviakassalardan bilet narxlarini surishtirishdan boshladim.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ning rasmiy dilerlarida Toshkent > Moskva aviachipta narxi, ekonom klass uchun eng arzoni 1.450.000 so‘m ekan, bir nechta aviakassalarda deyarli bir xil narx.

Eng arzon bilet Rossiya aviakompaniyasi Utairdan “Toshkent > Moskva” yo‘nalishi uchun 1.330.000 so‘m ekan.

Keyingi qadamda esa onlayn biletlarni qidirib ko‘rdim.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ning rasmiy saytidan “onlayn bronlash” xizmati orqali “Toshkent > Moskva” yo‘nalishida bilet qidirganimda eng arzon bilet 1.449.874 so‘m belgilangan ekan.

Arzon aviabiletlar topish xizmati bo‘lgan Aviasales saytidan ham qidirib ko‘rdim. U yerda eng arzon bilet Utair aviakompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, 1.345.138 so‘m.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan taqdim etilgan narx esa 1.453.846 so‘m.

Demak, “Toshkent > Moskva” yo‘nalishidagi, ekonom klass uchun arzon bilet narxi, o‘rtacha 1.450.000 so‘m atrofida ekanligidan kelib chiqib, migrasiya bo‘limiga hujjatlarni rasmiylashtirish va bilet sotib olish uchun keldim.

Taxminimcha, bilet narxi 1.450.000 bo‘lsa, 20 foiz chegirma( -290.000 so‘m), 300.000 so‘m moddiy yordamni chiqarib tashlasa, 860.000 so‘m bilet uchun to‘lov qilish kerak edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari tuman bo‘limidan kerakli ma’lumotnoma olgach, agentlikning viloyat bo‘limiga bordik.

U yerda hujjatlarni ro‘yxatga olishgach, aviakassaga borib, narxlarni eshitib, kapalagim uchib ketdi.

20 foizlik chegirma va 300.000 so‘mlik moddiy yordam qo‘shib hisoblaganda ham “Toshkent > Moskva” yo‘nalishidagi , 20 oktyabr sanasi ekonom klass uchun bilet narxi 1.665.000 so‘m ekan!

Demak bu narxga 300.000 (1.965.000) va 20 foiz chegirmani qo‘shsak, umumiy bilet narxi 2.456.250 so‘m ekan!

Qo‘shimcha majburiy hayot sug‘urtasi, Agrosug‘urta tomonidan (50.000 so‘m), “Aloqabank” tomonidan majburiy (aynan majburiy, shaxsan guvoh bo‘ldim, bir mijoz Hamkorbank VISA kartasi borligini aytishiga qaramay, majbur ochtirishdi) VISA karta ochtirish (50.000 so‘m. Darvoqe, PQ-3584 da “Aloqabank” tomonidan VISA kartalar 1 ish kunida ochib berilishi yozilgan, bu yerda esa 5 ish kunida ochib berishlarini aytishmoqda, vaxolanki ko‘pchilik 5 ish kuni muddat ichida allaqachon uchib ketib bo‘lmoqda).

Eng qizig‘i faqat agentlik binosida tashkil qilingan maxsus avikassadan bilet olsangizgina yuqoridagi 20 foizlik chegirma va 300.000 so‘mlik moddiy yordam berilar ekan.

Aviakassa xodimasining aytishicha, ekonom klassda 12 hil turdagi narx tariflari mavjud bo‘lib, aviakompaniya aynan migrantlar uchun 2.456.250 so‘mlik tarifni majburan (!) o‘tkazmoqda ekan!

Bu nima ahvol?!

Shu o‘rinda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ga bir qancha savollar tug‘iladi.

Nega odatiy holatda 1.450.000 bo‘lgan bilet, davlat yordam puli berishi kerak bo‘lgan holat uchun 1 million so‘m qimmat narxda sotilmoqda?

Nega aviabilet sotib oluvchilar uchun qanday turdagi biletni sotib olish tanlovi berilmayapti?

Nega eng arzon tarifni emas, eng qimmat tarifni majburiy (!) qilib belgilangansizlar?

Bu qarordan maqsad nima?

Hech kim olmayotgan qimmat tarifdagi biletlarni majburan sotishmi?

Yoki XALQ pulini bir cho‘ntakdan ikkinchi cho‘ntakka solish yo‘li bilan o‘g‘irlashmi?

1 kun ertalabdan kechgacha hujjat tayyorlab, navbatga turib, yo‘l haqi uchun pul sarflab, yana davlatdan xuddi boqimandadek yordam olgan qora bo‘lib, 1.665.000 so‘mga bilet olish qulaymi, yoki shunday uying yaqinidagi aviakassadan 1.330.000 so‘mga aviabilet olgan afzalmi?

Odamlarni, XALQni ustidan kulish shunchalik ham bo‘ladimi, hurmatli «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK rahbariyati?

Bu holatdan juda katta korrupsion sxemaning izi ko‘rinmoqda.

Avvalo ko‘chada sotilayotgan 1.450.000 so‘mlik biletni 2.450.000 so‘mdan sotish orqali, har bir ajratilgan yordamdan 1.000.000 so‘mdan pul qaysidir «cho‘ntak»ka ketmoqda (1.450.000 so‘mlik biletni olgan ham, 2.450.000 so‘mlik biletni olgan ham bir xil joyda ketadi).

Majburiy hayot sug‘urtasi, “Agrosug‘urta” (har bir odamdan 50.000 so‘mdan). Bunda ham tanlov berilmagan, davlatga tegishli bo‘lgan “Agrosug‘urta” hukumat yoki mahalliy hokimiyat vakillari ko‘magida monopollik qilmoqda.

Undan tashqari Aloqabank VISA kartalarini majburiy (!) ochib berishi (50.000 so‘mdan, deyarli ko‘pchilik kartalari bank shoxobchasida qolib ketgan).

PQ - 3584 dan maqsad nima o‘zi? Migrantlarga yordam berishmi, yoki monopol tashkilotlarni korrupsion ishlarini qonuniylashtirishmi?

Davlat rahbari bu qarorni qabul qilishdan maqsadi odamlarga yordam berish bo‘lsa, unda o‘ziga berilgan imtiyozlarni suiiste’mol qilayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Davlat va Prezident siyosatiga qarshimi?

Agar maqsad XALQni og‘irini yengil qilish, odamlarga yordam berish bo‘lsa, aviakompaniya qilgan insofsizlikka chora ko‘rish, narxlari arzon biletlarga ham chegirma va moddiy yordamni qo‘llash, iloji bo‘lsa, har qanday aviakompaniya biletlari uchun joriy qilish kerak.

Agar maqsad korrupsion sxema asosida daromad olishni qonuniylashtirish bo‘lsa, qarordan monopol tashkilotlar shu yo‘lda foydalanishayotgan bo‘lsalar, bu qonunni bekor qilgan afzal. Shundoq ham bu chegirma va yordamsiz narx ancha arzon tushmoqda.

Mutasaddi tashkilotlar va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK dan shu ma’lumotlarga javob kutib qolamiz.

P.S. Post 9 oktyabr, soat 17.30 da yozildi. Aviabiletlar uchun post yozilgan kungi narxlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Olimjon Haydarov, Farg‘ona

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.