Prezident maktabiga eng ko‘p o‘quvchi qaysi tumandan qabul qilindi?

Prezident maktabiga eng ko‘p o‘quvchi qaysi tumandan qabul qilindi?

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining “Facebook”dagi sahifasiga Toshkentdagi Prezident maktablariga qaysi tuman maktablaridan ko‘proq o‘quvchilar qabul qilingani tasvirlangan jadvalni joylashtirdi.

“Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralashda davlatimiz rahbari tomonidan tanlovni adolatli o‘tkazish eng muhim vazifalardan biri deb belgilab berilgan edi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabiga eng ko‘p o‘quvchisi qabul qilingan maktablarning birinchi 6 tasidan 3 tasi Sergeli tumanidan ekanligi ham ushbu tanlov adolatli o‘tganligini ko‘rsatadi.

Eng ko‘p o‘quvchilari qabul qilingan maktablar rahbariyatiga va o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

P.S. Qolgan maktablardan 3 nafar va undan kam o‘quvchilar qabul qilingan”, deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!