Politico: Yevropa Ittifoqi «xorijiy agentlar» haqidagi qonun ustida ish boshladi

Politico: Yevropa Ittifoqi «xorijiy agentlar» haqidagi qonun ustida ish boshladi

Evropa Ittifoqi nohukumat guruhlar, konsalting va ilmiy muassasalarni Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi har qanday moliyalashtirish haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga majburlovchi qonun ustida ishlamoqda, deb yozadi Politico uchta manbaga tayanib.

"Rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lgan qonun loyihasi AQSh (FARA) va Avstraliyadagi shunga o‘xshash qonunlarga mos keladi. Yevropa versiyasi jismoniy shaxslarni nishonga olishi dargumon, ammo tijorat va notijorat tashkilotlarni YEIdan tashqarida moliyalashtirishni oshkor qilishga majbur qiladi", dedi manbalardan biri.

So‘nggi yillarda, Politico ta’kidlaganidek, Yevropa Rossiyaning xakerlik kampaniyalaridan tortib, yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati korrupsiya janjaligacha bo‘lgan bir qator chet el ta’siridagi operasiyalar bilan to‘qnash keldi.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, bu ish Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan boshlangan bo‘lib, u 2022 yil sentyabr oyida nutqi davomida "demokratiyani himoya qilish" paketini e’lon qildi. Biroq qonun loyihasi ustida ishlayotgan komissiya vakili bu masalani "nozik" deb atadi. "Biz hali ham to‘g‘ri yondashuvni qo‘llashimizga ishonch hosil qilish uchun keng doiradagi manfaatdor tomonlardan ma’lumot yig‘ishning dastlabki bosqichidamiz", deya ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!