Pokistonda jangarilar hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda jangarilar hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodiga jangarilarning hujumi oqibatida to‘rt nafar milisioner va xususiy xavfsizlik kompaniyasining ikki xodimi halok bo‘ldi.

Pokiston matbuotiga ko‘ra, bir guruh qurollangan jangarilar Afg‘oniston bilan chegaradagi Xangu hududidagi korxonaga hujum qilgan.

Mintaqa rasmiylarining aytishicha, jangarilar quyosh elektr stansiyasiga ham zarar yetkazgan.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

So‘nggi oylarda Pokistonda, asosan, Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida teraktlar kuchaygan.

Islomobodning da’vo qilishicha, hujumlarda Afg‘onistonda joylashgan "Tehrik-e-Tolibon Pokiston" tashkiloti ishtirok etgan. O‘z navbatida, Afg‘oniston bu ayblovlarni rad etadi.

30 yanvar kuni Peshovardagi masjidda sodir etilgan xudkush hujumda 102 kishi, asosan polisiyachilar halok bo‘lgan.

6-mart kuni Balujistonda sodir etilgan teraktda 10 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!