O‘zbekistonda yozgi elektr iste’moli qishki ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi

A A A
O‘zbekistonda yozgi elektr iste’moli qishki ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi

2025 yil 16–21 iyul kunlari davomida kuzatilgan jazirama issiq sababli mamlakatimiz energetika tizimida yangi tarixiy rekord qayd etildi.

Milliy dispetcherlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 18 iyul kuni mamlakat bo‘ylab umumiy elektr energiyasi iste’moli 272,6 million kVt•soatni tashkil etdi. Bu nafaqat 2023–2024 yillardagi qishki maksimum (271,8 mln kVt•soat)dan, balki avvalgi yozgi rekord (253,3 mln kVt•soat)dan ham yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kecha soat 17:00 da elektr tizimining maksimal quvvati 13,3 GVtga yetdi.

Solishtirish uchun: 2024 yil qishki yuklama 12,5 GVt, 2024 yil iyulida esa 11,8 GVtni tashkil etgan.

Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi:

  • Sutkalik iste’mol 32,4 mln kVt•soatga yetdi (2024 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich — 30,5 mln kVt•soat);
  • Eng yuqori yuklama — soat 14:52 da 1811 MVt (2024 yilda — 1680 MVt);
  • Joriy iste’mol o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,6%, oy boshidan esa 11,0% o‘sgani kuzatilgan.

"Ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilayotganini inobatga olgan holda, iste’molchilardan uzr so‘raymiz", deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Mutaxassislar aholi va tashkilotlardan elektr energiyasidan imkoni boricha tejamkor foydalanishni, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr jihozlarini vaqtincha o‘chirib turishni so‘radi. Bu nafaqat umumiy tizimdagi yuklamani kamaytiradi, balki texnik nosozlik va uzilishlarning oldini olishga ham yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi