Pokistonda emlanmaganlarning sim-kartalari bloklanadi

 Pokistonda emlanmaganlarning sim-kartalari bloklanadi

Pokistonning aholi zichligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan Panjob viloyatida koronavirusga qarshi emlanmaganlarning sim-kartalari bloklanadigan bo‘ldi.

The Express Tribune nashrining xabar berishicha, ushbu qaror viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Yasmin Rashid boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilindi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, viloyat ma’muriyati koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun barcha resurslarni ishga soladi. Xususan, emlanmagan fuqarolarning bog‘lar va restoranlarga, keyinchalik savdo markazlariga kirishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, emlashdan bo‘yin tovlaganlarning telefonlaridagi sim-kartalarni bloklab qo‘yiladi.

“Ma’muriyat emlanishni xohlamagan kishilarning emlanganlarning hayotini xavf ostiga qo‘yishiga ruxsat bermaydi. Vaksina olganlar normal hayotga qaytishi mumkin”, – dedi Yasmin Rashid.

Uning ta’kidlashicha, qoidalarga rioya qilish va ommaviy emlash orqali Panjobda koronavirus tarqalishini sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘lingan. Pokiston Sog‘liq saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning soni 938 mingdan oshdi. Ushbu infeksiya tufayli 21 mindan ortiq kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!