Turkiya tomonlar kelishadigan format va parametrlar doirasida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar uchun maydon bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi, deya «RIA Novosti» xabar berdi.
Turkiya TIVdagi manbaning aniqlik kiritishicha, mamlakat hozircha tomonlarga muzokaralar bo‘yicha hech qanday rejani taklif qilmagan.
Manbaning ta’kidlashicha, Istanbul maxsus operasiya boshidanoq muzokaralar orqali tinchlikka erishish tarafdori. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat Rossiya-Ukraina urushining dastlabki kunlarida mamlakat mojaro tomonlarini Antaliya va Istanbulda birlashtirgan va u yerda ular «tinchlikka juda yaqin kelgan».
Nashr suhbatdoshi, bo‘layotgan ziddiyatda diplomatiya uchun joy ochish vaqti kelganini qayd etdi.
«Turkiya tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarda vositachi rolini o‘ynashga va tomonlar tomonidan o‘zaro kelishilgan format va parametrlar doirasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan muzokaralarni qayta qabul qilishga doimo tayyor. Biroq bundan tashqari, Turkiya tomonlarga hech qanday aniq reja taqdim etmagan», deydi u.
Joriy yilning 2 yanvar kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Belgiya tashqi ishlar vaziri Bernar Kenten bilan muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi o‘t ochishni imkon qadar tezroq to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, u mojaro tufayli yuzaga kelgan migrasiya, iqtisodiy va boshqa inqirozlarni tezroq to‘xtatish kerakligini aytdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Янги конституция қабул қилингандан кейин Сурия номи ўзгармасдан қолади – Сурия Араб Республикаси, деди Туркия ташқи ишлар вазири Хоқон Фидан CNN Турк телеканалига берган интервюсида.
Ҳозирда ушбу қамоқхонада 15 маҳбус қолмоқда, улар орасида 2001 йил 11 сентябрдаги теракт ташкилотчиларидан сифатида гумонланган Ҳолид Шайх Муҳаммад ҳам бор.