Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In aholiga hotdoglar iste’mol qilishni taqiqlab, ajrashmoqchi bo‘lgan er-xotinlarni qamoqqa tiqishni buyurdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
40 yoshli rahbar tez tayyorlanadigan bu mashhur taomni “juda g‘arbona” deb ta’kidlab, uni tarqatish “davlatga xiyonat” sifatida baholanishini aytdi. Ko‘chada hotdog sotgan yoki uni uyida tayyorlagani uchun qo‘lga tushgan shimoliy koreyaliklar mehnat lagerlariga jo‘natilishi mumkin.
KXDRda, shuningdek, bude-chchige sotish ham taqiqlandi. Bu koreys-amerika taom bo‘lib, bulyon, koreys achchiq qalampir pastasi, kimchi, amerika spami, loviya va kolbasalardan tayyorlanadi.
Taklif etilgan yangi repressiv choralar qatorida ajrashishni istaganlarni olti oyga qamash ham bor. Mamlakatda nikohni bekor qilish “sosialistik” harakat sifatida qaraladi. Bunda ayollarga nisbatan uzoqroq qamoq jazosi ham qo‘llanilishi mumkin.
Ilgari faqat ajrashish tashabbusi bilan chiqqan tomon, hatto jismoniy zo‘ravonlik holatlarida ham jazolanardi. Shimoliy Koreyada karantin bilan bog‘liq cheklovlar er-xotinni qiyin moliyaviy ahvolga solib qo‘ygan COVID-19 fonida ajrashishlar soni ko‘paygandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Ҳозирда ушбу қамоқхонада 15 маҳбус қолмоқда, улар орасида 2001 йил 11 сентябрдаги теракт ташкилотчиларидан сифатида гумонланган Ҳолид Шайх Муҳаммад ҳам бор.