“Olimpik” klubi yangi mavsumda Superligada o‘ynash imkoniyatidan foydalanmadi

“Olimpik” klubi yangi mavsumda Superligada o‘ynash imkoniyatidan foydalanmadi

“Xorazm” jamoasi 2025 yilgi mavsumni Superligada boshlashi mumkin.

Superligada ishtirok etmasligi aniq bo‘lgan “Metallurg” klubining o‘rnini “Superliga va Proliga reglamenti”da ko‘rsatilgan ketma-ketlik bo‘yicha “Olimpik” klubi egallashi mumkin edi. Mazkur masalani “Olimpik” 5 yanvar sanasiga qadar hal qilishi lozim edi. Ammo klub PFLning so‘roviga javob qaytarmagan.

Yakuniga yetgan mavsumni elitada 12-o‘rinda yakunlab, keyinchalik pley-off bosqichida avvaliga Sho‘rtan, undan so‘ng «Metallurg” bilan o‘yinda mag‘lub bo‘lgan “Olimpik” 5 yanvar sanasiga qadar Superligadagi faoliyatini davom ettirish yuzasidan yuborilgan so‘rovga javob qaytarmadi. Shundan kelib chiqib, reglament bo‘yicha ketma-ketlikda chempionatning so‘nggi ishtirokchisi bo‘lish uchun “Xorazm” harakat qiladi.

So‘nggi uch mavsumda klubda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilib kelgan “Xorazm”, 2024 yilning yanvar aprel holatiga ko‘ra lisenziyalash talablarini muvaffaqiyatli bajara oldi va o‘z tarixida ilk bor OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi. Shundan kelib chiqqan holda Proligada 5-o‘rinni egallagan klub emas, balki musobaqani 6-o‘rinda yakunlagan “Xorazm” klubiga kerakli hujjatlarni topshirish uchun vaqt taqdim etiladi. Proliganing dastlabki to‘rt pog‘onasidan joy olgan klublarning barchasi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgan.

“Xorazm” klubi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion maydoni, uning drenaj va sug‘orish tizimi, shuningdek, stadion yoritish tizimi Superliga talablariga javob bermaydi. Shundan kelib chiqib, “Xorazm” Superligada to‘p surish uchun kerakli hujjatlarni joriy yilning 21 yanvar sanasiga qadar Assosiasiya hamda Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olsa, u holda klub o‘z uy uchrashuvlarini Superliga talabiga javob beruvchi boshqa viloyatdagi stadionda o‘tkazib turadi. Avvalroq “Surxon” klubi bilan ham xuddi shunday holat kuzatilgandi.

Assosiasiya va Liga rahbariyatining kecha — 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida “Xorazm” futbol klubiga qarashli futbol maydoni masalasi ham muhokama qilindi. Hudud bilan bog‘liq ekologik holat va boshqa faktorlardan kelib chiqib, Nukus hamda “Xorazm” shaharlaridagi bosh stadionlarga FIFA talabiga javob beruvchi eng sifatli sun’iy qoplama o‘tkazish masalasida fikr almashildi. Tabiiy yoki gibrid maydonning mazkur hududlar uchun kafolati, shuningdek, uning parvarishi bilan bog‘liq muammolar va albatta uning xarajati nuqtayi nazaridan olib qaralsa, FIFA me’yorlariga to‘g‘ri keluvchi sifatli sun’iy maydon nisbatan maqbulroq variant hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, “Xorazm”dagi stadion yuqorida sanab o‘tilgan masalalarda o‘zgarishlarni amalga oshirsa, u Superliga bellashuvlarini qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Unga qadar esa yuqorida qayd etilganidek, o‘z uy uchrashuvlarini boshqa arenada o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

“Endilikda “Xorazm” Superligada ishtirok etish uchun 21 yanvar sanasidan kechikmagan holda Assosiasiya bilan kelishilgan va keyinchalik o‘z homiy tashkiloti tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim. Klub mazkur muddatga qadar buning uddasidan chiqa olmasa, 22 yanvar kuni Lokomotiv futbol klubining Superligada ishtirok etish masalasi kun tartibiga kiritiladi. Boisi, mazkur holatda “Lokomotiv” OFK lisenziyasiga ega so‘nggi klub hisoblanadi”, deya yoziladi PFL bayonotida.

Ma’lumot uchun, “Xorazm” futbol klubi o‘tgan yilning 28 noyabr kuni Assosiasiya 2025 yilgi xarajatlar smetasi loyihasini muhokama uchun taqdim etishi lozim edi. Endilikda klub mazkur loyihani Superliga uchun moslashtirishi va albatta homiy tashkilot tomonidan uni tasdiqlab ulgurishi talab etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Jahon IQ reytingi: eng aqlli insonlar qaysi davlatlarda yashaydi? O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Дунё мамлакатларининг ўртача IQ даражаси янгиланди.

Rodri «Oltin to‘p»ga Vinisius loyiqligini aytgan Ronalduga javob qaytardi

Родри Криштиану Роналдунинг «Олтин тўп» ҳақидаги сўзларига изоҳ берди.

Moskva g‘azabda: Barcha javobgarlik AQShda...

Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov uchun «Lans»ga qancha pul taklif etayotgani ma’lum bo‘ldi

«Манчестер Сити» клуби 20 ёшли ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиш учун 20 миллион фунт стерлинг тўлашга тайёр.

Alisher Qodirov Qonunga qarshi ovoz bergan hamkasblariga murojaat qildi: “Iste’molchining 3 tadan 2 tasi yoshlar. Yarmi qizlar”

Буни ҳозир тўхтатмасак, 20 йилдан кейин ҳеч қандай қонун ёки давлат дастури сезиларли кўп интелектуал заиф қатламга ёрдам бера олмайди.

Rus gazi to‘xtashi qaysi davlatlarga ta’sir qiladi, qaysilariga ta’sir qilmaydi?

Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.

Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreyaga hujum qilish rejalarini ishlab chiqdi – FT

Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.

Yana bir yirik davlat BRIKS a’zosiga aylandi

Бразилия Ташқи ишлар вазирлиги Индонезия 6 январ куни БРИКСга тўлақонли аъзо бўлганини маълум қилди.

"An-Nasr" Ronaldu borasida yakuniy qarorga keldi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби ҳужумчи Криштиану Роналдунинг келажаги борасида бир қарорга келди.

Marca nashrida Abduqodir Husanov haqida maqola chop etildi

Мақолада ҳамюртимиз Франция чемпионатининг асосий кашфиётларидан бири сифатида эътироф этилган.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Hamid Sahari Abduqodir Husanovga atab karikatura chizdi (foto)

Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусановга кўплаб гранд клублар қизиқиш билдираётганидан хабарингиз бор.

Neymar: «Ronalduning fikriga qo‘shilaman»

«Ал-Ҳилол» ҳужумчиси Неймар Криштиану Роналдунинг фикрини қўллаб-қувватлади.

Tramp Yaqin Sharqda “jahannam” yaratishga va’da berdi

Бу ҳақда у Мар-а-Лагодаги қароргоҳида сўзлаганида маълум қилди, деб ёзади Gazeta.ru.

Turkiya yangi hukumat ostida Suriya nomini oshkor qildi

Янги конституция қабул қилингандан кейин Сурия номи ўзгармасдан қолади – Сурия Араб Республикаси, деди Туркия ташқи ишлар вазири Хоқон Фидан CNN Турк телеканалига берган интервюсида.

Anqara Suriyadagi harbiy amaliyotlar bo‘yicha ultimatum qo‘ydi

Бу ҳақда CNN Турк телеканали хабар берди .

O‘rmon yong‘inlari Los-Anjelesdagi Gollivud yulduzlari yashaydigan hududni qamrab oldi

Булар орасида АҚШ вице-президенти Камала Харриснинг қароргоҳи ҳам бор.

AQShda JetBlue samolyotining shassisidan ikki kishining jasadi topildi

Ҳуқуқ-тартибот идоралари вакилларининг айтишича, Броуард округи тиббий экспертизаси идораси икки кишининг ўлими сабабини аниқлаш учун аутопсия ўтказади.

Toshkent viloyatida onasi tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qiz vafot etdi

Ўтказилган терговга қадар текширувда қизни 47 ёшли онаси Э.Й. қаттиқ калтаклаб, тан жарохати етказгани аниқланган.

Xitoydagi zilzila oqibatida 126 kishi halok bo‘ldi

Жомолунгма тоғининг сайёҳлик ҳудуди зилзиладан кейин вақтинча ёпилди.

"Onamni haqorat qildi, chidolmadim" — Toshkentda erkak xotinini nega o‘ldirganini aytdi

Бу ҳақда "Миллар" информацион дастурида маълум қилинди.

2024 yilda Eronda rekord darajada ko‘p odam o‘lim jazosiga hukm qilindi

Маълумотларга кўра, қатл этилган 997 нафар одамдан 34 нафари аёллар, 9 нафари вояга етмаганлардир.

AQSh sudi Tramp haqidagi hisobotni chop etishni blokladi

АҚШ суди АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трампга қарши суд жараёни ҳақидаги ҳисоботни чоп этишни блоклади . Бу ҳақда The Washington Post ёзмоқда .

Xitoy hukumati Himoloydagi zilzila haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi

Сешанба куни эрталаб Хитойнинг жануби-ғарбидаги Сизан автоном вилоятида содир бўлган 6,8 магнитудали зилзила натижасида Ҳимолой тоғларининг шимолий ёнбағрида минглаб қишлоқ уйлари қулагани оқибатида 126 киши ҳалок бўлгани ва 188 киши жароҳатлангани тасдиқланди, дея хабар беради Синхуа агентлиги 7 январ куни.

Peterburgdan Samarqandga uchayotgan samolyotda nosozlik chiqdi

Санкт-Петербургдан Самарқандга учаётган Utair самолёти стабилизаторида кузатилган носозлик туфайли лайнер Москванинг Внуково аэропортига қўнишга тайёрланмоқда, деб хабар қилди компания матбуот хизмати.

BAA Isroil va AQSh bilan G‘azo sektorini muhokama qilmoqda

. Бу ҳақда бугун, 7 январь куни ўнлаб хорижий дипломатлар ва Ғарб расмийларига таяниб, "Reuters" хабар берди.

AQSh Guantanamodagi 11 nafar mahbusni ozod etdi

Ҳозирда ушбу қамоқхонада 15 маҳбус қолмоқда, улар орасида 2001 йил 11 сентябрдаги теракт ташкилотчиларидан сифатида гумонланган Ҳолид Шайх Муҳаммад ҳам бор.

G‘azoda 345 ming nafar aholi ochlikdan aziyat chekmoqda

Жаҳон озиқ-овқат дастури (WFP) маълумотларига кўра, зарур бўлган озиқ-овқатнинг фақат учдан бир қисми минтақага етиб боради.

Tibetdagi zilzila qurbonlari soni 100 nafardan oshdi

Турли даражадаги тан жароҳатлари олганлар сони эса 130 кишини ташкил қилди ва уларнинг аҳволи оғир деб баҳоланмоқда.

AQShda parranda grippidan ilk o‘lim qayd etildi

Луизианалик эркак парранда гриппининг D1.1 штамми билан касалланган. Бу штамм сут берувчи ҳайвонлар орасида айланаётган вариантдан фарқланади

Kuchli yomg‘irlar sabab Makka va Madinani suv bosdi

Мамлакат метеорология бошқармаси Макка, Мадина ва Жидда шаҳарлари учун хавфдан огоҳлантиришнинг энг юқори даражасини эълон қилган.

Husiylar AQSh samolyot tashuvchisiga hujum qilishdi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

Yaponiyalik olimlar tishlarni o‘stirish uchun noyob preparat yaratdilar

Япониялик олимлар ноёб инновацион препарат туфайли янги тишларни ўстиришни ўрганишди.

Britaniya diplomati Rossiyaga qarshi sanksiyalar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini e’lon qildi

Бу ҳақда Британия дипломати Ян Проуд Американинг Responsible Statecraft журнали учун мақоласида айтиб ўтди .

Tramp Kanadani AQShning 51-shtatiga aylantirishni taklif qildi

Бу ҳақда у Truth Social ижтимоий тармоғида ёзган.

AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatdi

Бу ҳақда АҚШ молия вазирлиги сайтида айтилган .