Jahon oltin kengashi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki 2024-yilning noyabr oyida AQShdagi prezidentlik saylovlari vaqtida narxlarning arzonlashganidan foydalanib, 9 tonna oltin sotib oldi. Bu iyul oyidan beri mamlakat oltin zahiralarining birinchi marta o‘sishini ko‘rsatdi. Yillik sof xaridlar 11 tonnani, O‘zbekistonning umumiy oltin zaxiralari esa 382 tonnaga yetdi. Bu haqda spot.uz yozmoqda
Noyabr oyida jahon markaziy banklari jami 53 tonna oltin sotib oldi, bu esa 2024 yil davomida kuzatilgan qimmatbaho metalning faol to‘planish tendensiyasini davom ettirdi. Polsha sotib olish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda qoldi, zaxirasini 21 tonnaga oshirib, ularni 448 tonnaga yetkazdi. Uchinchi o‘rinni 8 tonna bilan Hindiston, uchinchi o‘rinni Qozog‘iston va Xitoy (har biri 5 tonna), Iordaniya (4 tonna) va Turkiya (3 tonna) egalladi.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra 41,47 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 1,67 milliard dollarga kamdir. Bu pasayish oltin zahiralari narxining pasayishi va valyuta qismining qisqarishi bilan bog‘liq. Bu oltin-valyuta zaxiralarining mart oyidan beri birinchi marta qisqarishi bo‘ldi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, oltin narxining tushishi va jahon bozorlaridagi noaniqlik markaziy banklarni oltin zahiralarini oshirishda davom etishga undamoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Ҳозирда ушбу қамоқхонада 15 маҳбус қолмоқда, улар орасида 2001 йил 11 сентябрдаги теракт ташкилотчиларидан сифатида гумонланган Ҳолид Шайх Муҳаммад ҳам бор.