Pnevmoniya kasalligida qovurilgan baliq iste’mol qilish mumkinmi?

Pnevmoniya kasalligida qovurilgan baliq iste’mol qilish mumkinmi?

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. 

— Baliq o‘zingiz oqsil va mikroelementlarga boy xususiyati bilan qanchalik foydali bo‘lmasin, uni iste’mol qilishda ma’lum bir talab va tartiblar bor. Bunda, pnevmoniya kasalligining kechuvi, va qaysi davrida iste’mol qilishi ham muhim.

Pnevmoniya kasalligida inson organizmida nafaqat o‘pkani jarohatlanishi balki oshqozon-ichak tizimi shilliq qavatlarini zararlanishi kuzatiladi. Kasallikni o‘tkir kechuvi va avj olgan davrlarida bemorlarga imkon qadar oshqozon ichak tizimini ta’sirlaydigan ovqatlardan cheklanish talab etiladi. Qovurilgan, yog‘li, achchiq, nordon va allergiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilmaganingiz ma’qul.

Pnevmoniyani reabilitasiyasi davrida, ya’ni kasallikdan so‘nggi davrida dimlangan yoki sho‘rva sifatida tayyorlangan ko‘rinishda iste’mol qilsa bo‘ladi. Shunda ham, agarda kimdadir allergik kasalliklari mavjud bo‘lsa, imkon qadar baliq iste’molidan cheklaning.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!