Peskov Zelenskiyning Si Szinpin bilan uchrashish istagini izohladi

Peskov Zelenskiyning Si Szinpin bilan uchrashish istagini izohladi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashish istagi haqidagi bayonotiga izoh berdi.

“Biz XXRning muvozanatli pozisiyasini bilamiz, biz buni yuksak qadrlaymiz va Xitoy rahbarining o‘zi muayyan aloqalar maqsadga muvofiqligini hal qilishiga ishonamiz va bu yerda hech qanday maslahat bilan gapirishga haqqimiz yo‘q”, dedi u.

Avvalroq Zelenskiy Ukrainada Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishga tayyorligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!