Pepsi logotipida nimalar o‘zgardi?

Pepsi logotipida nimalar o‘zgardi?

Pepsi kompaniyasi 125 yoshga to‘ldi (tasavvur qiling). Shu munosabat bilan kompaniya kecha, 28-mart kuni rebrending e’lon qildi.

Brendning logotipi, qadoqlari va umuman, dizayn tizimi yangilandi. Bu 15 yilda birinchi o‘zgarish. Yangi qadoqlar kuzda AQSh bozorida, butun dunyo tokchalarida esa 2024 yili chiqishi rejalashtirilgan.

Yangilanishning asosiy sababi - shakarsiz ichimliklarni targ‘ib qilish. Shuning uchun ham qora va to‘q ranglarga ko‘p e’tibor qaratilgan (shakarsiz banka qora rangda bo‘lgani uchun). Hatto Pepsi'ning asosiy rangi bo‘lgan - ko‘k rang ham endi to‘qlashtirilgan. Endi ko‘k rang elektrikdan ko‘ra, yarim-tun(midnight)ga yaqinroq.

Yangi logotipda PEPSI yozuvi shrifti o‘zgarib, katta harflar bilan yozilgan. Yozuv in-yan belgisining o‘rtasiga joylashtirilgan, xuddi 80-yillardagi kabi. In-yan belgisining o‘zi ham 80-90 yillar holatiga qaytarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!