Pentagon Gruziya bilan harbiy hamkorlikni davom ettirish niyatida

Pentagon Gruziya bilan harbiy hamkorlikni davom ettirish niyatida

Vashington qo‘shma mashg‘ulotlar bekor qilinganiga qaramay, Tbilisi bilan harbiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder xorijiy ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.

Rayder muntazam brifingda joriy yil yoziga rejalashtirilgan Gruziya-Amerika harbiy mashg‘ulotlarining noma’lum muddatga ko‘chirilishiga izoh berar ekan, Pentagonga boshqa hech qanday rejalar haqida ma’lumot yo‘qligini aytdi.

U AQSh Gruziya armiyasi bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirishini ta’kidladi. Pentagon, shuningdek, Gruziya suverenitetini mustahkamlash va hududiy yaxlitligini saqlash uchun imkoniyatlarni topadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!